Bir litr Ai-80 benzini va yoqilg‘i dizelining yangi narxi iste’mol solig‘i 175 so‘mdan 200 so‘mga oshishi hisobiga 1605 so‘mni tashkil etadi (eski narxi 1580 so‘m).

Ai-91 endi 1770 so‘mga (eski narxi 1745 so‘m), Ai-95 esa 1955 so‘mga (eski narxi 1930 so‘m) oshdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 1-avgust kuni O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘isining chakana narxi hukumatning qaroriga muvofiq 10 foizga oshirilgan edi.