Uch qavatli bino 30 ta o‘quv auditoriyasi, 10 ta kompyuter xonasi, 2 ta o‘quv laboratoriyasi, videokonferensiya zali, multimedia xonasi, lingafon auditoriyasi, elektron kutubxona, axborot resurs markazi va sport zalidan iborat, deb xabar berdi O‘zAAA matbuot xizmati.

TATUning Samarqand filialida ta’lim bakalavriat bosqichida besh yo‘nalishida va magistraturada ikki yo‘nalishda olib boriladi.

Hozirgi kunda o‘quv dargohida 6 ta fan doktori va professori, 40 ta fan nomzodlari va dotsentlari va 25 ta katta o‘qituvchi va assistentlar ishlaydi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialidan tashqari Farg‘ona, Nukus, Qarshi va Urganch shaharlarida ham o‘z filiallariga ega.