26-dekabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3807 dona Prezident sovg‘alari avtotransport orqali jo‘natildi.

22-25-dekabr kunlari esa “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi samolyotlari orqali 6546 dona Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘qqizta viloyatga yetkazildi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bolalar uchun O‘zbekiston Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan qariyib 11 ming dona sovg‘a tayyorlandi.

Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun mo‘ljallangan ushbu sovg‘alar 29-dekabr kuni bolalarga taqdim etiladi.