Tadbir O‘zbekiston futbol federatsiyasi va O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda. O‘yin futzal qoidalari asosida o‘tkaziladi. O‘yinga kirish bepul, deb xabar berdi Futbol federatsiyasi.

“Yangi yil bayramidan so‘ng futbol dunyosi ta’tilga chiqadi va haqiqiy ishqibozlar baribir futbolni sog‘inishadi. Biz ana shunday ta’tilda futbol muxlislariga o‘ziga xos yangi yil sovg‘asini taqdim etishni niyat qildik,” – deydi tadibirning bosh tashkilotchisi, O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Jahongir Usmonov.