Yangilangan narxlar 12-dekabr kuni Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorga muvofiq, vino ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 2000 so‘mdan 2200 so‘mga, eng kam chakana narxi esa 2500 so‘mdan 2700 so‘mga oshirildi.

Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi yangi yil boshidan hozirgi 4300 so‘mdan 5000 so‘mga, eng kam chakana narxi esa 5400 so‘mdan 6100 so‘mga oshadi.

Alkogolli mahsulotlarni o‘rnatilgan chakana narxdan past narxda sotish jarima sanksiyalari bilan jazolanadi, aybdor shaxslar esa javobgarlikka tortiladi.