“Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashning milliy tizimini yaratishda xalqaro huquqiy standartlar va O‘zbekiston tajribasi” nomli xalqaro forum O‘zbekistondagi Yevropada xavfsilik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) loyihalari koordinatori hamda Markaziy Osiyoda Fridrix Ebert Fondi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi.

“Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan hamkorligimiz o‘rnatilganidan buyon bir qator o‘zaro tashabbuslar amalga oshirildi,” deydi O‘zbekistondagi YEXHT elchisi Ishtvan Ventsel. – Biz inson huquqlari sohasida respublikada xalqaro majburiyatlarni bajarishga ko‘maklashishga qaratilgan o‘zaro hamkorligimizni davom ettiramiz”.

Milliy markaz inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, kuzatish va qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari faoliyatini mufoviqlashtirishga qaratilgan keng muassasalararo vakolatlarga ega. Markaz oldiga inson huquqlari sohasida Konstitutsiya bandlari, qonunlar, xalqaro huquq normalari va jamiyat tomonidan tan olingan prinsiplarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Tadbirda qatnashgan Sloveniya ombudsman o‘rinbosari Korneliya Marshel, Inson huquqlari bo‘yicha Daniya institutining katta maslahatchisi Pol Dalton, inson huquqlari bo‘yicha Slovakiya Milliy markazi maslahatchisi Barbara Ostovercha va Shotlandiya Inson huquqlari bo‘yicha komissiya maslahatchisi Bryus Adamsonlar nuqt so‘zladilar.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz 15 yil mobaynida inson huquqlarining xalqaro huquqiy jihatlari bo‘yicha 2000 dan ortiq kitob va qo‘llanmalar nashrdan chiqardi. Tadbir davomida markazning yangi nashrlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.