Gov.uz hukumat portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Botir Zokirov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida Kоmmunаl soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari majmuasini boshqaradi.

Hozirgi lavozimigacha Botir Zokirov “Trest 12” OAJ qurilish kompaniyasining boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Bosh vazir o‘rinbosari va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Botir Xo‘jayev boshqa ishga o‘tish munosabati bilan oktabr oyi oxirida Prezident farmoni bilan o‘z lavozimidan ozod qilingan edi.