Uchrashuv Rossiya elchixonasi va Rossiya Fan va madaniyat markazi yordami bilan O‘zbekistondagi Respublika rus madaniyati markazi tashabbusi ostida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni 8-dekabr, 12-dekabr kuni esa Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi kuni nishonlandi. Mazkur sanalarga bag‘ishlab poytaxt litsey va kollejlarida tahsil oladigan o‘quvchilar o‘zlarining ikki Konstitutsiyaning asosiy tamoillari aks ettiruvchi taqdimotlari bilan qatnashdilar.

“Konstitutsiya demokratik davlatda yashash va rivojlanish uchun asosiy qonun hisoblanadi, – deydi Rossiyaning MDH, chet elda istiqomat qiluvchi yurtdoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik federal agentligi vakolatxonasi rahbari Lidiya Nikitina. – Shuning uchun yoshlar Konstitutsiyaning mavjudligi va nishonlanadigan sanasini bilibgina qolmasdan, balki uning asosiy bandlarini yaxshi tushunishlari kerak”.