Final o‘yinida Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorovlar yordam beradi, deb xabar qildi O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati.

O‘sha kuni final bahslari bilan birga uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar uchun ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Osiyoning to‘rtinchi marta eng yaxshi hakami deb tan olingan Ravshan Ermatov 2008-yili ham klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuviga hakamlik qilgan edi.