Konferensiya jahon tibbiyoti rivojida ajdodlarimiz merosining ahamiyatiga bag‘ishlanadi. Unda MDH davlatlari va xorijdan kelgan mutaxassis va olimlar qatnashadi.

Tadbir tashkilotchilari – Fond Forum, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalq tabobati assotsiatsiyasi va “Ibn Sino” Xalqaro jamg‘armasi, deb xabar beradi Fond Forum matbuot xizmati.

Konferensiyada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda Ibn Sino ta’limotining roli, sog‘lom avlod va reproduktiv salomatlik konsepsiyasini rivojlantirishda Ibn Sino ta’limotining ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash, odam tanasi va faoliyatining butunligi, Ibn Sino ta’limotining zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilishi hamda unda insonparvarlik va beg‘araz tibbiy-ijtimoiy yordam g‘oyalarining ustuvorligi kabi masalalar yoritiladi.