Islom Karimov O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan ko‘p asrli do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari bundan buyon ham mamlakatlarimiz va xalqlarimiz ravnaqi yo‘lida rivojlanib boraverishi hamda mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston rahbari Nursulton Nazarboyevga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat, Qozog‘istonning birodar xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.