Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, yil boshidan tarif narxi hozirgisi bilan birga to‘qqizinchi marta pasaytirildi.

2011-yil boshida 1 Mbit/s tashqi kanal uchun tarif narxi 849 AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, fevralda 755 AQSH dollarigacha arzonlashtirilgan.

2-iyulda 1Mbit/s uchun tarif 705, 12-iyulda 688, 15-avgustda 665, 16-sentabrda 632, 1-noyabrda 573, 25-noyabrda 550 va 10-dekabrda 529 AQSH dollari qilib belgilandi

Umuman olganda, shu yilning o‘zida tariflar 60,49 foizga tushirilgan.