Turnirda O‘zbekiston vakillari bilan birga 10 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Professional qo‘l jangi ustalari o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Odil Sirojiddinov (80 kg, suratda chapda) ukrainalik Yevropa chempioni Aleksey Smirnovni nokaut holatiga tushirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘z vaznlarida Jamshid Bekmatov tojikistonlik Siyovush Sharipovni, Bobur Rahmatov Shuhrat Abduraimovni yengdi. Muzaffar Rajabov ukrainalik Taras Mandrikka qarshi chiqib, durang natijani qayd etdi, deb xabar beradi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati.

Havaskor sportchilar o‘rtasidagi musobaqalarda O‘zbekistonlik Asror Nosirov, Shamsiddin Yo‘ldoshev, Sirojiddin Sadriddinov, Imomali Ergashev, Muhiddin Mirzamahmudov, Amur Jo‘raev, Jahongir Mansurov, Umid Po‘latov oltin medalga sazovor bo‘ldi.