Internet-konferensiyasida “Internetda reklama va marketing”, “Mobil internet, dastur va qurilmalar”, “Veb-resurslar” va “Texnologiya va takliflar” bosh mavzularida 28 ta ma’ruza va chiqishlar tinglandi.

Konferensiyada Germaniyadagi Googlening mahsulotlari bo‘yicha hamda rivojlanayotgan bozorlarda axborot texnologiyalarini targ‘ib qilish bo‘yicha mutaxassis hisoblangan xorjiy mehmon – Steffen Erxardt (suratda) ham o‘zining qiziqarli ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Yaqin kunlarda konferensiyada tegishi ma’ruzalar, foto va videolavhalar tadbir saytiga joylashtiriladi.