“Ayollar kengashi” Respublika jamoat birlashmasining xabar berishicha, Toshkent yarim final natijalariga ko‘ra g‘olibaning ismi aniq bo‘ladi va 19-dekabr kuni tanlov finalida poytaxt sha’nini himoya qiladi.

Tanlov mamlakatda jamiyat hayotida ayollar mavqeini oshirishga qaratilgan. Undan ko‘zlangan maqsad asosan oila va bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan hamda mehnat faoliyatida bir qancha yutuqlarga erishgan va jamiyat e’tirofini qozongan hududlardagi ayollarni rag‘batlantirish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

1-avgustdan 1-noyabrgacha “Ayollar kengashi” birlashmasining hududiy bo‘limlarida arizalar qabul qilindi. Anketani har qanday ayol yoshi, kasbi va qiziqishlaridan qat’iy nazar to‘ldirishlari mumkin edi. Ankеta shunday tuzilganki, unda ishtirokchining ichki dunyosi va hayotning ijtimoiy jihatlariga qarashlari imkon qadar kеngroq yoritib bеrilishi ko‘zda tutilgan. Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar ankеtani tanlovning rasmiy saytida to‘ldirdilar yoki ankеtani kuchirib olib, to‘ldirib, “Ayollar kеngashi”ning hududiy bo‘linmalariga topshirdilar.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: arizalarni qabul qilish, viloyatlar bo‘yicha saralash turlari va respublika bosqichi. Tanlov asosida saralash tizimi ishtirokchining jamiyatdagi faolligi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini ko‘rsatib beradigan bir necha mezonlar bo‘yicha faoliyatini baholashga qaratilgan. Hakamlar hay’ati a’zolari tarkibi ko‘zga ko‘ringan madaniyat va san’at arboblaridan tashkil topgan.

Tanlovning hududlar bo‘yicha saralash turlari joriy yilning 17-noyabrdan 12-dekabrgacha har bir viloyatda o‘tkazildi. Tanlovda qatnashish uchun respublika bo‘yicha 30 mingdan ortiq arizalar qabul qilindi. Tanlovning ikkinchi bosqichi esa viloyatda har bir tumanlaridan bittadan saralangan vakillari o‘rtasida o‘tkazildi. Ayollar anketalari hamda o‘zlarining kasbiy va boshqa afzalliklarini fotosuratlar, vidеolavha, monolog yoki sahna ko‘rinishi orqali namoyish etishgan “Mening afzalliklarim” tanlovi bo‘yicha baholandilar.

19-dekabrda Toshkentda o‘tkaziladigan respublika bosqichida har bir viloyatdan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan saralab olingan 14 ta g‘oliba-ayollar qatnashadilar. Oxirgi va oldingi saralash turlarining umumiy natijalari hay’at a’zolariga “2011-yil ayoli” tanlov g‘olibasini aniqlashda yordam beradi. Tanlov g‘olibasi nufuzli “Yil ayoli” nomiga va maxsus sovg‘aga sazovor bo‘ladi.