Davlatimiz rahbari o‘z maktubida bo‘lib o‘tgan saylov Rossiya tutgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘li va mamlakatni modernizatsiya qilish siyosatining saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini namoyon etganini ta’kidladi.

Prezident Islom Karimov saylov natijalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ezgu an’analar bilan yo‘g‘rilgan do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.