Jahon

2 mart 2022, 23:54

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuz» rezolyutsiyasini qabul qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi. Uni 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, «Belarus ishtirokidan» afsus bildirilgan.

2 mart 2022, 19:07

USM: Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar xolding kompaniyalariga dahl qilmaydi

Yevroittifoqning rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan joriy etgan sanksiyalari USM xoldingi aktivlariga dahl qilmaydi, deya ma’lumot berdi kompaniya.

2 mart 2022, 17:25

Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiya hukumatini qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi

163 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi ochiq xat bilan chiqishdi. Ular Rossiyaning xatti-harakatlarini mustaqil Ukraina davlati va Ukraina xalqiga «prezident Putin boshchiligidagi asossiz harbiy tajovuz», deb baholagan. Rossiya tomonidan Ukraina hududiga bostirib kirilishi BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzish va 1994 yilgi Budapesht memorandumiga nisbatan bepisandlik ekanligi qayd etilgan.

2 mart 2022, 17:18

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 7 ta bankini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi VTB (Rossiyadagi ikkinchi yirik bank), Rossiya banki, “Открытие”, Sovkombank, Novikombank, Promsvyazbank va VEB banklarini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi. Shuningdek, YeI Rossiyaga yevrodagi banknotlarni sotish, yetkazib berish va eksport qilishni ham taqiqladi.

2 mart 2022, 17:15

Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohi buziladi

Qozog‘istondagi yanvar voqealari vaqtida namoyishchilar tomonidan vayron qilingan va yoqib yuborilgan Qasim-Jomart Toqayevning Olmaota shahridagi qarorgohi buziladi. Prezident matbuot kotibi Berik Uali uning o‘rnida shahar aholisi uchun sayilgoh barpo etilishini ma’lum qildi.

2 mart 2022, 15:39

BMT Ukraina aholisi va ushbu mamlakat qochqinlariga gumanitar yordam uchun $1,7 mlrd so‘radi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi jangovar harakatlardan jabr ko‘rgan va uy-joyini tark etgan 6 milliondan ortiq odamning gumanitar ehtiyojlari uchun kelasi uch oy ichida 1,1 mlrd dollar kerak bo‘ladi. «Ammo eng samarali insonparvarlik yordami qurollarning ovozini o‘chirishdir», dedi bosh kotib Antonio Guterrish. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki Ukrainaga yordam paketlarini tayyorlayotganlarini bildirdi.

2 mart 2022, 12:23

AQSh havo hududini Rossiya samolyotlari uchun yopadi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya samolyotlari uchun Amerika osmoni yopilishini e’lon qildi. Bundan tashqari, AQSh Adliya vazirligi «Rossiya oligarxlarining jinoyatlarini tergov qilish» uchun maxsus guruh tuzadi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar rahbari amerikalik harbiylar Ukrainadagi rus qo‘shinlari bilan qarama-qarshilikda qatnashmaganini va qatnashmasligini ham ta’kidladi.

2 mart 2022, 11:02

Rossiyadan 10 ming dollardan ortiq mablag‘ni olib chiqish taqiqlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdan qiymati 10 ming dollardan ortiq xorijiy valyutani olib chiqishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.

1 mart 2022, 17:11

Zelenskiy Rossiyani terrorchi-davlat deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi video murojaati davomida Xarkovga amalga oshirilgan raketa zarbasi haqida gapirdi. U ushbu holatni «niqoblanmagan terror» deb baholab, Rossiyaning o‘zini — terrorchi-davlat deb atadi.

1 mart 2022, 14:07

Rossiya sanksiyalarga qarshi kurashish uchun maxsus choralarni joriy qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, rezidentlar endilikda xorijda ochilgan hisob raqamlariga xorijiy valyutani kiritish, shuningdek, xorijiy elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda hisobvaraq ochmasdan mablag‘ o‘tkazish imkoniga ega emaslar.

1 mart 2022, 14:04

Xarkovda Ozodlik maydoni va administratsiya binosi o‘qqa tutildi

Xarkov shahri markazi — Ozodlik maydoni, viloyat administratsiyasi binosi, opera teatri, filarmoniya va turar-joy massivining bir qismi raketa zarbasiga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi jabrlangan.

1 mart 2022, 12:50

Rossiya 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi

Rossiya havo hududlarida RF havo kemalari parvozlarini cheklagan 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi.

1 mart 2022, 11:58

«Tinchlikdan boshqa yo‘l yo‘q». Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi holat haqida

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ukrainadagi voqealarga munosabat bildirib, Rossiya va Ukraina muzokaralar stolida o‘zaro til topishib olishi kerakligini aytdi. «Biz har ikkila davlatni ham muzokaralar stolida til topishishga chaqiramiz. Xayrli janjaldan ko‘ra zaif tinchlik yaxshiroq», — dedi u.

1 mart 2022, 10:17

Ukraina va Rossiya muzokaralari birinchi raundi. Natijalar

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar davomida tomonlar «qator ustuvor mavzularni aniqlab oldilar, ular bo‘yicha muayyan qarorlar aniqlab olindi», dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak. U muzokaralarni «og‘ir» deb atadi, ammo «ular qandaydir majburiy ultimatumlarsiz o‘tganini» ta’kidladi. Rossiya delegatsiyasi a’zosi Leonid Slutskiy esa «muzokaralarning asosiy natijasi, ushbu muzokaralar bo‘lib o‘tganida va tomonlar bir-birini eshita olganida», dedi.

1 mart 2022, 07:39

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyalariga aloqador deya hisoblagan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov, boshqa eng boy rossiyaliklar va Rossiya kompaniyalari rahbarlariga sanksiyalar kiritdi.

28 fevral 2022, 22:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzolagani, Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlangani, dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilingani, Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 fevral 2022, 21:55

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzoladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladi. «Buning haqiqat ekaniga ishonchim komil», — dedi u.

28 fevral 2022, 19:51

Qaysi davlatlar Rossiya uchun o‘z havo hududlarini yopdi?

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida turli davlatlar o‘z havo hududini Rossiya fuqaro aviatsiyasi uchun yopishni boshladi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta a’zo-davlati rus samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan. Shuningdek, Kanada Yevropa hududidan tashqarida joylashgan davlatlar orasida parvozlarni cheklagan ilk mamlakat bo‘ldi.

28 fevral 2022, 17:40

Xarkov shahri «Grad»dan o‘qqa tutildi

Ukrainaning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahri Xarkov «Grad» zalp bilan o‘t ochish tizimlaridan o‘qqa tutildi. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Geraenko o‘nlab qurbonlar va yuzlab jabrlanganlar borligi haqida bayonot bergan.

28 fevral 2022, 17:28

«Urush Rossiya xalqi uchun qimmatga tushmoqda» — rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev

Iqtisodchi Sergey Guriyev Rossiya Markaziy bankining YeI, AQSh va Kanadadagi aktivlari muzlatilishini «mutlaqo kutilmagan, muhim yangilik» deb atadi — «bu rubl uchun ulkan zarba» bo‘ladi. Uning fikricha, Rossiyaning neft eksportiga embargo joriy etilishi ham ehtimoldan holi emas. Yuqori texnologiyalar eksporti bilan bog‘liq sanksiyalar esa Rossiyada texnologiyalar rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting