Bek Air kompaniyasining «Olmaota-Nur-Sulton» reysi samolyoti parvoz paytida quladi. Bortda 100 kishi bo‘lgan. 9 kishi o‘lgani haqida xabar berildi.
O‘tgan hafta Qozog‘istonda qor bo‘roni va yaxmalak sababli 104 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 39 kishi vafot etdi.
AQSH Kongressi quyi palatasi prezident Donald Tramp impichmenti uchun ovoz berdi. U vakolatini suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblanmoqda. Endi Senat impichment masalasini ko‘rib chiqadi.
Pokistonning sobiq prezidenti Pervez Musharrafga nisbatan o‘lim jazosi tayinlandi. U davlat to‘ntarishida aybdor topildi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev avgust oyida uni majburiy so‘roqqa olib borish bo‘yicha amaliyot chog‘ida «Alfa» maxsus xizmati zobitini o‘ldirishda ayblanmoqda.
Britaniyadagi parlament saylovlarida bosh vazir Boris Jonson boshchiligidagi konservatorlar g‘alaba qozondi. Ular Brexit shartnomasini darhol ratifikatsiya qilmoqchi.
Sankt-Peterburgda sud 11 kishiga nisbatan hukm o‘qidi. Ular 2017 yilda metroda terakt uyushtirishda ayblanmoqda. Hech kim aybiga iqror bo‘lmadi.
Jahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil muddatga Olimpiadalar va jahon chempionatlaridan chetlashtirdi.
AQSH Moliya vazirligi Evil Corp. xakerlar guruhi va ular bilan aloqador shaxslar, jumladan O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu guruh turli davlatlarda 100 mln dollardan ziyod mablag‘larni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda.
Hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar ortidan Iroq bosh vaziri Adel Abdel Maxdi o‘z iste’fosini so‘radi. Parlament uning iste’fosiga ruxsat berdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda u «Tolibon» kelishuvga erishishni xohlayotganini ma’lum qildi.
Mamlakatni qariyb 14 yil boshqargan Boliviya prezidenti Evo Morales iste’foga chiqishini e’lon qildi. Namoyishchilarning bu boradagi talabi armiya va politsiya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.
Braziliya sudi korrupsiyada aybdor deb topilgan mamlakatning sobiq prezidenti Luis Ignasio Lula da Silvaning ozod qilinishi haqida qaror chiqardi.
Tojikistondagi chegara postiga hujum qilgan qurollangan shaxslarning ID terroristlari ekani va Afg‘onistondan kirib kelgani ma’lum qilindi.
Nyu-Deli hukumati havoning ifloslanish darajasi eng yuqori darajaga yetgani sababli favqulodda holat e’lon qildi: maktablar yopildi, aviareyslarning bir qismi bekor qilindi.
So‘nggi besh yil davomida 1109 nafar jurnalist o‘ldirildi. Ularning 93 foizi — harbiy muxbirlar emas, balki hokimiyatni suiiste’mol qilish va korrupsiya holatlarini yoritgan mahalliy jurnalistlardir.
«Islom davlat» jangarilar tashkiloti o‘z yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiyning o‘ldirilganini tasdiqladi va uning vorisi nomini oshkor qildi.
Pokistonda yo‘lovchi poyezdida chiqqan yong‘in natijasida eng kamida 65 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi.
AQSH prezidenti ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani xabarini berdi va «dunyo endi ancha xavfsizroq bo‘lganini» ta’kidladi.
Buyuk Britaniya politsiyasi yuk mashinasidan 39 nafar muhojirning jasadlarini aniqladi. Uning konteyneri muzlatkichli bo‘lgan — tashish vaqtida harorat -25 darajagacha tushishi mumkin.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting