Jahon

3 sentabr 2022, 11:08

Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bo‘ldi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

1 sentabr 2022, 18:32

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladi, yanvar oyidagi namoyishlar ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinadi, deya ma’lum qildi prezident Qasim-Jomart Toqayev. U prezidentlik vakolatini qayta saylanish huquqisiz 7 yillik muddat bilan cheklashni taklif qildi.

31 avgust 2022, 15:38

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyatiga hokimlik qiladi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Darxon Satibaldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda qo‘l ostidagi xodimning korrupsiyasi uchun iste’foga chiqqan Umirzoq Shukeyevning o‘rnini egalladi.

31 avgust 2022, 08:34

Mixail Gorbachyov vafot etdi

Moskvada SSSRning birinchi va yagona prezidenti Mixail Gorbachyov 91 yoshida vafot etdi.

26 avgust 2022, 16:02

Tojikistonda koronavirus cheklovlari qayta joriy etildi

Tojikiston chegarasida koronavirus cheklovlari vaqtincha tiklandi. Mamlakatga kelganda, PZR test natijalarini yoki COVID-19 ga qarshi emlash sertifikatini taqdim etish kerak bo‘ladi.

25 avgust 2022, 19:27 1

Ukrainada temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida poyezd va Chaplino vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, «Iskander» raketasi 200 dan ortiq harbiy xizmatchi bo‘lgan harbiy eshelonni yo‘q qilgan.

25 avgust 2022, 11:03

Alisher Usmonovga tegishli Safisa restorani sotildi

Yanvarda Alisher Usmonovga tegishli «Metalloinvest» kompaniyasi Moskvadagi Safisa restoranini sotib olgandi. Oradan 7 oy o‘tib, restoran «PVS i IAM» kompaniyasiga sotib yuborildi. Avvalroq tadbirkor o‘zining asosiy e’tiborini O‘zbekistonga qaratayotganini aytgandi.

15 avgust 2022, 13:27

Qozog‘iston neftni Ozarbayjon orqali tashish haqidagi xabarlarni rad etadi

Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov Qozog‘istonning kuzdan boshlab Baku-Tbilisi-Jayhan yo‘nalishi bo‘yicha neft tashish niyati haqidagi ma’lumotni rad etdi. Avvalroq Reuters Qozog‘iston hukumati neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib eksport qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.

15 avgust 2022, 11:18

Yerevandagi portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Yakshanba kuni Yerevandagi «Surmalu» savdo majmuasida yirik portlash yuz berdi. Buning oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Yana 60 dan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda, 17 kishi esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

12 avgust 2022, 23:44

Reuters: Qozog‘iston neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib tashish niyatida

Qozog‘iston o‘z neftining bir qismini Rossiya o‘z quvurlarini yopib qo‘yish bilan tahdid qilgani bois muqobil yo‘llar orqali sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Reuters. Buning uchun Ozarbayjonning eng yirik neft quvuridan foydalanishni ham ko‘zlamoqda.

10 avgust 2022, 15:18

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Iste’fo Yaponiya hukumatida bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar fonida yuz berdi.

3 avgust 2022, 19:30

Tayvan Nensi Pelosini qabul qildi. Xitoy esa orol atrofida harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xitoy hukumatining ogohlantirishlariga qaramay, Tayvanga keldi. Xitoy TIV norozi bo‘lib: «AQSh xavfli yo‘ldan uzoqqa bormasligi kerak», deya ma’lum qildi. XXR armiyasi orol atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

2 avgust 2022, 14:40

AQSh Afg‘onistonda «Al-Qoida» yetakchisining yo‘q qilinganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden «Al-Qoida» yetakchisi Ayman az-Zavohiriy Afg‘oniston poytaxti Kobulda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning oila a’zolari jabrlanmagan, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.

1 avgust 2022, 20:00

Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar

Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.

27 iyul 2022, 21:53

WSJ: Ukrainada urush boshlanganidan keyin Qozog‘iston yangi ittifoqchilar qidira boshladi va mudofaa budjetini oshirdi

Qozog‘iston Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi hamda AQSh, Turkiya va Xitoy timsolida ittifoqchi qidira boshladi, deb yozadi WSJ. Mamlakat savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishga tushdi, mudofaa budjetini oshirdi va Turkiya bilan jangovar dronlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi.

27 iyul 2022, 18:33

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovning ikki jiyaniga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Alisher Usmonovning jiyanlari Buyuk Britaniya sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ular Londonning ikkita elit hududida uylarga ega. Ularning aktivlari muzlatilgan.

27 iyul 2022, 11:37

«Millionlab afg‘onlar hali ham toliblar va’dalarini bajarishlarini kutishmoqda» — YeI

«Tolibon»ga Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni boshlash uchun hali ham kech emas, dedi Yevroittifoq maxsus vakili Tomas Niklasson. U aksariyat afg‘onlar qarorlar qabul qilish jarayonidan chetda qolganini ta’kidlab, inson huquqlarining poymol etilishi va qo‘rquvga asoslangan jamiyat qurish xavfi haqida gapirdi.

25 iyul 2022, 12:13

O‘zbekiston mobil internet narxi arzon bo‘lgan 20 ta davlat qatoriga kirdi

O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.

24 iyul 2022, 12:46

JSST maymunchechak tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari maymunchechakni global favqulodda holat deb e’lon qildi. Dunyoda allaqachon 16 mingdan ortiq kasallikka chalinish holatlari aniqlangan va Yevropaga chechak tarqalishi katta tahdid solmoqda.

22 iyul 2022, 23:24

Ukraina, Turkiya, Rossiya va BMT don bo‘yicha bitimni imzoladi

Istanbulda Ukraina, Turkiya, Rossiya va BMT o‘rtasida ukrain donini dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha bitim imzolandi. «Bu butun dunyodagi millionlab odamlar uchun oziq-ovqat tanqisligi falokatining oldini olishga yordam beradi. Bu umid mayog‘idir», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting