Jahon

16 mart 2022, 14:15

Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari Kiyevga tashrif buyurdi

Kiyevga Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari tashrif buyurishdi. «Aminmanki, shunday do‘stlar, mamlakatlar va qo‘shnilar hamda sheriklar bilan biz haqiqatan ham g‘alaba qozona olamiz», — dedi Ukraina prezidenti.

15 mart 2022, 13:37

Markaziy Osiyo prezidentlari lavozimga saylangan vaqtda necha yoshda bo‘lgan?

Turkmaniston prezidenti etib saylangan 40 yoshli Serdar Berdimuhammedov Markaziy Osiyo tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi. Shu paytgacha ushbu rekord 42 yoshida Tojikiston prezidenti bo‘lgan Emomali Rahmonga tegishli edi. “Gazeta.uz” Markaziy Osiyo prezidentlari lavozimga saylangan vaqtda necha yoshda bo‘lgani va necha yil davomida rahbarlik qilgani haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.

15 mart 2022, 12:11

Serdar Berdimuhamedov — Turkmanistonning yangi prezidenti

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhammedov 72,9 foiz ovoz bilan prezidentlikka saylandi.

14 mart 2022, 12:28

«Yanvar voqealari oqibatida 230 kishi halok bo‘ldi» — Qozog‘iston bosh prokurori

Qozog‘iston bosh prokurori yanvar voqealari vaqtida jami 230 kishi halok bo‘lgani, shundan 19 nafari harbiylar ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlarning eng ko‘pi Olmaota shahriga (139 kishi) to‘g‘ri kelmoqda. 20 nafar fuqaro esa tasodifan otishmalar oqibatida halok bo‘lgan. Tartibsizliklarga Qozog‘iston MXQning sobiq raisi va sobiq mudofaa vaziri ham aloqadorligi aytilmoqda.

12 mart 2022, 14:03

“Tarixiy saylov”. Gurbanguli Berdimuhammedov — Turkmaniston prezidenti saylovlarida ovoz berdi

Shanba kuni Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov ham ovoz berib, saylovni tarixiy deb atadi. Saylovlarda 3 nafar partiyalar nomzodi, 6 nafar mustaqil nomzod ishtirok etmoqda. Tushga qadar saylovchilarning 71,9 foizi ovoz berish jarayonlarida qatnashdi.

11 mart 2022, 23:00

AQSh dollar banknotalarini Rossiyaga yetkazib berishni taqiqladi

AQSh navbatdagi sanksiyalar doirasida Rossiyaga dollar banknotalarini yetkazib berishni taqiqladi. Qolaversa, avtomobil, kiyim-kechak va zargarlik buyumlari eksporti cheklandi. Bundan tashqari, Rossiyadan ikra, dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklar, shuningdek, brilliant va olmoslar importiga ham taqiq qo‘yildi.

11 mart 2022, 20:04

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar qaysi xizmatlar orqali uyga pul yuborishlari mumkin?

Rossiyada Visa va Mastercard to‘lov tizimlari hamda Western Union platformasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Rossiyadagi o‘zbekistonliklar vatanga pul yuborish uchun hozirda qaysi xizmatlardan foydalanishlari mumkin? «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan bir nechta banklardan izoh oldi.

11 mart 2022, 18:11

Urush paytida yangiliklar oqimida cho‘kib ketmaslik bo‘yicha tavsiyalar

Ishonchli mualliflarni o‘qish, qarama-qarshi taraf bilan bahslashmaslik, axborot-detoks qilish — asli rossiyalik Mark Novikov urush payti axborot makonida odamlar o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

11 mart 2022, 10:48

Ukraina ikki haftada 100 milliard dollarlik zarar ko‘rdi — Ukraina prezidenti maslahatchisi

Ukraina Rossiyaning harbiy operatsiyasi sabab ikki hafta ichida 100 mlrd dollarlik zarar ko‘rganligi aytildi, bu mamlakat YAIMning yarmiga teng. Urush sabab Ukrainadagi korxonalarning 50% faoliyatini to‘liq to‘xtatgan.

11 mart 2022, 10:16

Air Astana Rossiyaga aviaqatnovlarni to‘liq to‘xtatdi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi Rossiyaga amalga oshiriladigan parvozlar to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi.

10 mart 2022, 23:17

Rossiyada biznes vakillariga $5000 dan ortiq pul yechish taqiqlandi

Rossiya Markaziy banki yangi valyuta cheklovlarini joriy qildi. 10 sentabrga qadar biznes vakillariga 5 ming dollar yoki shu miqdor ekvivalentidagi yevro, yapon iyeni va funt sterlingda pul yechish taqiqlanadi. Xorijiy kompaniyalar yoki tadbirkorlar esa ushbu valyutalarni umuman yechib ololmaydi.

10 mart 2022, 16:18

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida 10 daqiqalik otishma yuzaga keldi. Buning oqibatida Tojikiston tomonidan bir chegarachi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.

10 mart 2022, 15:41

Qozog‘iston MXK sobiq rahbarining uyidan 17,2 mln dollar naqd pul va oltin quymalar topildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimovga tegishli bir nechta kvartira va qasr, 17,2 mln dollar naqd pul, oltin quymalar, 11 ta qimmatbaho avtomobil va boshqalar musodara qilindi. U 2 mln dollar miqdorida pora olganlikda ham gumon qilinmoqda.

10 mart 2022, 15:36

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi rasman e’lon qilingan kundan beri 6 mlndan ko‘proq inson vafot etganini ma’lum qildi. U kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgani pandemiya tugaganini anglatmasligini qayd etdi. «Pandemiya tugashiga hali ancha bor va u hamma joyda tugamaguncha hech qayerda yakunlanmaydi», — dedi Tedros Gebreyesus. Qolaversa, Yevropada «deltakron» shtammi paydo bo‘ldi.

10 mart 2022, 07:30

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyada muxolifatdagi Fuqarolik kuchlari partiyasidan nomzod, sobiq bosh prokuror Yun Sok Yol mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

9 mart 2022, 16:01

Fitch Rossiyaning uzoq muddatli reytingini “C” darajasiga qadar pasaytirdi

Fitch agentligi Rossiyaning suveren kredit reytingini “B” dan “C” gacha, ya’ni “defolt bo‘lishi muqarrar” darajasiga qadar pasaytirdi. Kompaniya reytingni 27 mayda qayta ko‘rib chiqishni mo‘ljallagan edi, biroq mamlakatdagi hodisalar sababli rejadan chetga chiqishga qaror qilindi. Morgan Stanley tahlilchilari Rossiyada aprel o‘rtalaridayoq defolt boshlanishini kutishmoqda.

9 mart 2022, 12:09

Yevropa Rossiya gazisiz yashay oladimi?

22 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols «Shimoliy oqim-2» loyihasining sertifikatsiyasini to‘xtatdi. Ko‘p o‘tmay AQSh ushbu loyiha operatoriga qarshi cheklovlar qo‘ygani ma’lum qilindi. 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» e’lon qilganligi ortidan esa gaz narxlari keskin oshishni boshladi. Ayni vaziyatda Yevropa va Rossiyaning energetika sohasidagi ko‘plab mutaxassislari Yevropaning Rossiya gazisiz yashay olish imkoniyatini tahlil qilishmoqda.

9 mart 2022, 12:09

AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyadan energotashuvchilar importini taqiqladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyadan neft, gaz va ko‘mir importi taqiqlanganini ma’lum qildi. Uran importi esa davom etadi. Shuningdek, Britaniya ham 2022 yil oxiriga borib Rossiya neftini import qilishni to‘xtatadi. Ushbu qarorlar ortidan dunyoda energotashuvchilar narxlarida jiddiy o‘sishlar kuzatildi.

9 mart 2022, 11:17

Rossiyada naqd valyuta sotib olish taqiqlandi

Rossiya Markaziy banki 9 sentabrga qadar fuqarolarga naqd valyuta sotishni taqiqladi. Rossiyaliklar banklardagi hisob-raqamlaridan 6 oy davomida 10 ming dollardan ortiq valyuta yecha olishmaydi. Undan ortig‘i faqat rublda beriladi.

9 mart 2022, 10:30

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi

15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Tojikiston hukumati MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olishni boshladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting