Jahon

6 fevral 2020, 10:59

Istanbulda samolyot qattiq qo‘nishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Istanbulda Pegasus aviakompaniyasi samolyoti qattiq qo‘nishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 179 kishi jarohat oldi.

3 fevral 2020, 12:30

Londonda ilgari terrorizmda ayblanib qamalgan shaxs uch kishini pichoqladi

Londonda yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilib, uch kishini jarohatlagan shaxs politsiya tomonidan otib tashlandi. Keyinroq uning terrorizmda ayblanib qamalgani va yanvar oxirida ozodlikka chiqqani ma’lum bo‘ldi.

31 yanvar 2020, 19:39

Rossiyada ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq dastlabki ikkita holat Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida aniqlandi. Ikkala bemor ham Xitoy fuqarolari. Rossiyaliklarni Uxandan evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

31 yanvar 2020, 10:21

JSST xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi

Jenevadagi shoshilinch yig‘ilishda JSST 2019 n-CoV koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi.

30 yanvar 2020, 15:26

Yevropa parlamenti Brexit bitimini ma’qulladi

Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan Brexit bitimini ma’qulladi. Kelishuvni 621 deputat qo‘llab-quvvatladi, 49 nafari qarshi chiqdi, 13 nafari esa betaraf qoldi.

29 yanvar 2020, 19:10

Chexiyada 16 mln yevrolik davlat buyurtmasi bo‘lgan sayt bepulga qilib berildi

Chexiyalik dasturchilar transport vaziri 16 million yevro sarflashni istagan saytni dam olish kunlari bepulga tayyorlab berishdi.

29 yanvar 2020, 15:12

AQSH va Yaponiya o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishni boshladi

AQSH va Yaponiya rasmiylari o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishni boshladi. Xitoy TIV o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishda qattiq turib oladigan davlatlarga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

28 yanvar 2020, 11:31

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 106 kishiga yetdi

Xitoyda yangi turdagi koronavirus tufayli kelib chiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni esa 4,5 mingdan oshdi.

25 yanvar 2020, 18:51

Koronavirus sababli Xitoyning 25 ta provinsiyasida eng yuqori darajali favqulodda holat e’lon qilindi

Koronavirus tarqalishi sababli Xitoyning 25 ta provinsiyasida eng yuqori darajali favqulodda holat e’lon qilindi. Uxanda shoshilinch ravishda ushbu virus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun alohida kasalxonalar qurilmoqda.

25 yanvar 2020, 13:52

Turkiyadagi kuchli zilzilada halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi

Juma kuni kechqurun Turkiyaning sharqiy viloyatlari Malatya va Elazig‘da kuchli zilzila qayd etildi. 22 kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi.

24 yanvar 2020, 19:40

JSST Xitoyda koronavirus tarqalgani uchun favqulodda holat e’lon qilmadi

JSST Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyaning «jiddiy» ravishda tarqalayotganini tan oldi, ammo xalqaro miqyosda favqulodda holat e’lon qilmadi.

23 yanvar 2020, 23:54

Ashraf G‘ani: Afg‘oniston hukumati AQSH harbiylarining chiqib ketishiga tayyor

O‘zbekiston janubidagi Afg‘onistonda 12 ming AQSH harbiy askarlari faoliyat olib boradi. Prezident Ashraf G‘ani ularning 1/3 qismi istalgan paytda Afg‘onistonni tark etishi mumkinligini aytmoqda.

23 yanvar 2020, 16:09

Nur-Sulton aeroportida bo‘ron tufayli 11 ta reys bekor qilindi va 38 ta reys qoldirildi

Yomon ob-havo sharoiti tufayli Nur-Sulton aeroportida 11 ta reys bekor qilindi, 38 ta, shu jumladan Toshkentga va undan amalga oshiriladigan parvozlar qoldirildi. Qozog‘iston poytaxtida qor bo‘roni va kuchli shamol kuzatilmoqda.

23 yanvar 2020, 14:25

Uxan aholisiga koronavirus tufayli shaharni tark etish taqiqlandi

Koronavirus tarqalishi boshlangan Uxan shahridan chiqib ketish aholi uchun cheklandi. Xitoyda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniyaga chalinganlar soni 541 kishiga yetdi.

22 yanvar 2020, 19:18

Gretsiyada ilk bor ayol kishi prezidentlikka saylandi

Gretsiyada ilk bor ayol kishi — Oliy ma’muriy sud raisi Katerina Sakellaropulu prezident etib saylandi.

22 yanvar 2020, 13:42

Rossiyaning yangi hukumati tuzildi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yangi hukumat tarkibini taqdim etdi. 21 ta vazirlikdan 9 tasining rahbarlari o‘zgardi, xususan, Vladimir Medinskiy, Olga Vasileva, Maksim Oreshkin va Veronika Skvorsova vazirlik lavozimlarini tark etdi.

22 yanvar 2020, 12:40

AQSH Senati Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshladi

AQSH Senatida Donald Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshlandi. Senatdagi ko‘pchilik respublikachilar yetakchisi jarayonni «tezlashtirilgan tartibda» o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etdi.

21 yanvar 2020, 09:57

Xitoyda tarqalgan koronavirusning odamdan odamga yuqishi tasdiqlandi

Xitoyda aniqlangan koronovirus odamdan odamga yuqishi mumkin. Virus allaqachon mamlakat tashqarisida tarqaldi: yuqish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda qayd etildi.

16 yanvar 2020, 20:27

Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi

2010 yildan beri Federal Soliq xizmatini boshqarib kelayotgan Mixail Mishustin Rossiya hukumatiga rahbar bo‘ldi. Uning nomzodi Davlat Dumasi deputatlarining 85,1 foizi tomonidan ma’qullandi.

14 yanvar 2020, 14:49

Eronda Ukraina Boeing bilan bog‘liq qamoqqa olishlar boshlandi

Eronda Ukraina Boeing samolyotining qulashi bilan bog‘liq bir necha kishi hibsga olindi, ularning ismlari hozircha oshkor qilingani yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting