10 iyul 2018, 12:43
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Brexit borasidagi kelishmovchiliklar sababli iste’foga chiqdi. TIVning yangi rahbari Jeremi Hant bo‘ldi.
20 iyun 2018, 14:32
AQSHning BMT huzuridagi vakili mamlakatning Inson huquqlari bo‘yicha kengashni «inson huquqlarini mazaxga aylantiruvchi tashkilot» deb atadi.
19 iyun 2018, 20:29
Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston viloyati etib qayta nomlandi, Chimkent respublika ahamiyatiga ega shahar maqomiga ega bo‘ldi.
14 iyun 2018, 12:46
Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili «hamkasblari bilan kelishmovchilik tufayli» iste’foga chiqdi. Tbilisida 31 maydan beri hukumat iste’fosi talab qilingan norozilik aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
12 iyun 2018, 12:28
AQSH prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ikki davlat tarixida birinchi marta uchrashdi.
7 iyun 2018, 18:55
O‘tgan yil aprelda Stokgolmdagi teraktni amalga oshirishda aybdor deb topilgan Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
3 may 2018, 23:29
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
1 may 2018, 16:16
Afg‘oniston poytaxtidagi ikki portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 9 nafar jurnalist ham bor.
27 aprel 2018, 11:31
Kim Chen In 65 yildan buyon Koreya yarim orolini bo‘lib turgan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan birinchi KXDR rahbari bo‘ldi.
24 aprel 2018, 12:56
Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan va uning hukumati o‘n kunlik namoyishlar manzarasida iste’foga chiqdi.
21 aprel 2018, 18:26
Qirg‘iziston prezidenti devonining sobiq rahbari Muxammedkaliy Abilgaziyev mamlakat bosh vaziri bo‘ldi.
14 aprel 2018, 12:19
AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya HHK Suriyaning kimyoviy qurol yaratish bilan bog‘liq uchta ob’ektiga aviazarbalar berdi.