Jahon

15 iyun 2020, 20:37

Xitoyda COVID-19: Pekinda fevraldan buyon ilk bor favqulodda holat e’lon qilindi

Pekinda so‘nggi ikki oy ichida ilk bor koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. “Sinfadi” bozorida virus tarqalishi ro‘y berganidan keyin Pekin hukumati barcha dahalarda favqulodda holat e’lon qildi.

10 iyun 2020, 20:13

Tokiodagi Olimpiada soddalashtirilgan formatda o‘tkazilishi mumkin

Tokiodagi Olimpiada tashkilotchilari 2021 yilga ko‘chirilgan musobaqalarni soddalashtirilgan tartibda, kamxarj etib o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tomoshabinlar va ishtirokchilar sonini qisqartirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

10 iyun 2020, 17:11

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishini tasdiqladi. Markaziy Osiyo davlatlari, Moldova, Serbiya va Xorvatiya rahbarlari ham taklifnomalarni qabul qildi.

10 iyun 2020, 16:46

2020 yil aviatsiya tarixidagi eng yomon yil deb baholandi

COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda aviatsiya sohasining sof foydasi 84,3 mlrd dollarga kamayadi, yo‘lovchilar soni esa ikki baravarga qisqardi. Mutaxassislar aviatsiya sohasi 2021 yilda ham koronavirusdan oldingi ko‘rsatkichlarini to‘liq tiklay olmaydi, deb hisoblashmoqda.

10 iyun 2020, 11:21

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov davlat ob’ektlarini rekonstruksiya qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

9 iyun 2020, 15:40

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzdi

KXDR 9 iyun kunidan boshlab Janubiy Koreya bilan barcha mavjud aloqa kanallarini to‘xtatishini e’lon qildi. Shimoliy Koreyaning bunday qarorga kelishiga Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari jo‘natilgani sabab bo‘ldi. 2018 yildan birinchi bor Pxenyan rasmiy Seulning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

8 iyun 2020, 19:50

Dunyo mamlakatlari koronavirus bemorini davolash uchun qancha sarflamoqda?

Dunyo mamlakatlarida bitta koronavirus bemorini davolash narxi qanchaga tushmoqda? Hamma davlatlarda ham davolanish byudjet hisobidan bepul amalga oshiriladimi?

8 iyun 2020, 13:49

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan oxirgi bemor ham tuzalgani va so‘nggi 17 kun ichida infeksiya bilan bog‘liq holat kuzatilmagani e’lon qilindi. Mamlakatda chegara nazoratidan tashqari barcha karantin cheklovlari olib tashlandi.

8 iyun 2020, 13:15

Qozog‘istonda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning asosiy talablari davlat tomonidan kredit bo‘yicha amnistiya e’lon qilinishi, chet el fuqarolariga yer sotish amaliyotni taqiqlash va siyosiy faollarni ozod etish bo‘ldi. 100 nafardan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.

8 iyun 2020, 11:57

Dunyo bo‘ylab COVID-19 holatlari 7 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 7 milliondan oshdi. Bunda, 3,1 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 402 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

5 iyun 2020, 18:52

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

Facebook davlat nazoratidagi OAV sahifalari va undagi xabarlarni belgilashni boshladi. Bunda kompaniya OAV tashkiliy tuzilmasi haqidagi ma’lumotlar, moliyalashtirish manbalari, tahririyat siyosati kabi bir necha mezonlarga asoslanadi. Hozirda Russia Today, Sputnik, RIA Novosti, China Xinhua News va Philippine News Agency kabi OAV sahifalari belgilangan.

4 iyun 2020, 15:54

Shvetsiya bosh epidemiologi qat’iy karantin kiritilmaganidan afsusda

Shvetsiya bosh epidemiologi mamlakatda koronavirus epidemiyasining boshidanoq qat’iy karantin cheklovlarini o‘rnatilmaganidan afsuslanishini aytdi. Hozirda, mamlakatda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bo‘lib qolmoqda, kasallanganlarning 11,6 foizi vafot etgan.

4 iyun 2020, 15:11

Floyd o‘limi bo‘yicha to‘rtta politsiya xodimi ayblanmoqda

Jorj Floyd o‘limiga aloqador barcha to‘rtta politsiya xodimiga ayblovlar e’lon qilindi. Floydni tizzasi bilan bo‘g‘ib turgan politsiya xodimiga 40 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

3 iyun 2020, 22:25

Belarusda hukumat iste’foga chiqarildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaldagi hukumatni iste’foga chiqarish bo‘yicha qarorga imzo qo‘ydi.

2 iyun 2020, 14:42

AQSHda irqchilik va politsiyaning o‘zboshimchaligiga qarshi namoyishlar davom etmoqda

AQSHda Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlangan irqchilik va politsiyaning o‘zboshimchaligiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. O‘nlab shaharlarda komendandlik soati joriy etildi.

1 iyun 2020, 13:31

Ukraina prezidenti yillik daromad deklaratsiyasini taqdim etdi

2019 yilda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning oilasining umumiy daromadi 1,06 mln dollarni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy daromadining aksariyati tadbirkorlik faoliyatidan kelgan. Xarajatlari esa — qariyb 500 ming dollar bo‘lib, asosan prezidentlik saylov kampaniyasiga sarflangan.

1 iyun 2020, 12:19

Armaniston bosh vazirida koronavirus aniqlandi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda va uning oila a’zolarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ta’kidlanishicha, u muzokaralar davomida xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantdan COVID-19 bilan zararlangan. Davolanish paytida bosh vazir o‘z uyidan turib ishlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.

29 may 2020, 16:21

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, federal organlar Twitter, Facebook, Instagram va YouTube kabi yirik ijtimoiy mediya kompaniyalarning o‘z foydalanuvchilari postlarini tahrirlash va o‘chirishlariga yo‘l qo‘ymaydi.

28 may 2020, 20:35

AQSHda qo‘lga olinayotgan shaxs vafot etganidan so‘ng namoyishlar boshlanib ketdi

Amerikaning Minneapolis shahrida fuqaro politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etganidan so‘ng norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Hukumat mojaroga barham berish uchun Milliy gvardiyaga murojaat qildi.

28 may 2020, 16:29

Boeing kompaniyasi 737 MAX samolyotlarini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi

Boeing oradan besh oy o‘tib, 737 MAX laynerlarini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Ulardan foydalanish Indoneziya va Efiopiyada ushbu laynerlar halokatga uchraganidan keyin butun dunyoda to‘xtatilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting