Jahon

29 iyun 2020, 14:40

Boykot sababli Facebook rahbari Sukerberg $7 mlrd yo‘qotdi

Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi. Mark Sukerberg esa 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.

28 iyun 2020, 16:05

Dunyo bo‘ylab COVID-19 holatlari 10 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 10 mlndan oshdi. Bunda, 5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 500 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

26 iyun 2020, 16:41

«Trampni Putin bilan birga bir qoldirish mumkin emas edi» — AQSH prezidentining sobiq maslahatchisi

Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Oq uyda ishlagan davri haqida kitob chop etdi. AQSH prezidenti va administratsiyasining qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan memuarda Trampning Rossiya va Putinga bo‘lgan munosabatlari, Shimoliy Koreya bilan muzokaralar, Ukrainadagi vaziyat va boshqa masalalar to‘g‘risida Boltonning xotiralari berilgan. «Gazeta.uz» ushbu kitobda keltirilgan asosiy fikrlarni taqdim etadi.

26 iyun 2020, 02:35

Liverpul muddatdan avval Angliya chempioni bo‘ldi

Liverpul muddatdan avval Angliya chempioni bo‘ldi. Chempionatning 31-turidan o‘rin olgan Chelsi-Manchester Siti o‘yinida londonliklar 2−1 hisobida g‘alaba qozonganligi sababli, Liverpul 23 ochkoga o‘zib ketdi. Mersisaydliklar uchun chempionatdagi g‘alaba 1990 yildan birinchisi bo‘ldi.

25 iyun 2020, 18:03

XVJ: Koronavirus dunyo iqtisodiyotiga kutilgandan ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

Xalqaro valyuta jamg‘armasi dunyo YAIM pasayishi avval prognoz qilingan 3 foizdan 4,9 foizigacha pasayishini ma’lum qildi. Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga kutilganidan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatgani bildirildi.

25 iyun 2020, 12:11

Barselonada karantindan so‘ng ilk konsert bo‘lib o‘tdi

Barselonada karantindan so‘ng opera teatrida ilk konsert bo‘lib o‘tdi. Konsert tinglovchilari sifatida 2292 ta xona o‘simliklari bo‘ldi. Konsertdan keyin o‘simliklar shifokorlarga sovg‘a qilindi.

24 iyun 2020, 16:40

Ko‘plab Telegram foydalanuvchilari xaqidagi ma’lumotlar internetga yuklandi

Darknetdagi forumlardan birida bir necha million Telegram foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar bazasi joylashtirilgan. Bazadagi ma’lumotlar telefon raqamlar va nikneymlar ko‘rinishida bo‘lgan. “Gazeta.uz” ushbu ma’lumotlar bazasini tekshirganda, unda 50 mingdan ortiq O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari mavjudligini aniqladi.

24 iyun 2020, 13:33

Moskvaga uchgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlangan

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Rossiyaga uchib kelgan delegatsiyasining ikki nafar a’zosida koronavirus infeksiyasi aniqlanigani sababli prezident Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etmadi.

23 iyun 2020, 19:50

Belarusda prezident saylovlari: namoyishlar va nomzodlarning hibsga olinishi

9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 1994 yildan beri mamlakat prezidenti bo‘lgan Aleksandr Lukashenko bu safar ham prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Bu yilgi saylovoldi jarayoni namoyishlar hamda Lukashenko raqobatchilarining qamoqqa olinishi bilan o‘tmoqda.

23 iyun 2020, 16:18

Almazbek Atambayev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi — video

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.

23 iyun 2020, 11:50

Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlari soni 9 mlndan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 9 mlndan oshdi. Bunda, 4,5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 472 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

23 iyun 2020, 11:05

AQSH chet elliklarga ish vizalarini berishni yil oxirigacha to‘xtatdi

AQSH prezidenti Donald Tramp yil oxirigacha chet ellik mutaxassislar va mavsumiy ishchilar uchun ish vizalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Tramp pandemiya davrida ustuvor o‘rinda amerikaliklarni ish bilan ta’minlash maqsadida ushbu qarorni qabul qilgan.

18 iyun 2020, 16:30

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash borasidagi qonunni imzoladi.

18 iyun 2020, 12:18

Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti va mamlakatning xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi. U masofadan turib ishlashni davom ettirayotganligi aytilmoqda.

17 iyun 2020, 14:28

JSST koronavirusni deksametazon bilan davolash usulini ilm-fanning katta yutug‘i deb atadi

Deksametazon og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari orasida o‘lim holatlarini kamaytira olgan ilk dori vositasi deb topildi.

17 iyun 2020, 11:42

Tramp politsiyani isloh qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng politsiya xizmatini isloh qilish to‘g‘risidagi ijroiy qarorni imzoladi. Qaror bilan, xususan, hibsga olish paytida mahbusni bo‘g‘ish taqiqlanadi.

16 iyun 2020, 15:57

KXDR chegaraning o‘z qismidagi Janubiy Koreya bilan aloqa ofisini portlatib yubordi

Shimoliy Koreyadagi Keson shahrida portlashlar eshitildi va tutunlar ko‘rindi. Ma’lum bo‘lishicha, koreyslararo aloqa idorasi portlatib yuborilgan. Bunga sabab qilib Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari kelayotgani ko‘rsatildi.

16 iyun 2020, 14:17

Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajarish Kubatbek Boronovga yuklatildi

Qirg‘iziston parlamenti Muxammedkaliy Abilgaziyev istefosidan so‘ng hukumatning texnik rahbarligiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov nomzodini ma’qulladi.

15 iyun 2020, 21:11

Qirg‘iziston bosh vaziri iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Muxammedkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. U radiochastatalarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq jinoiy ish ortidan ushbu qarorga kelganini ta’kidladi.

15 iyun 2020, 20:37

Xitoyda COVID-19: Pekinda fevraldan buyon ilk bor favqulodda holat e’lon qilindi

Pekinda so‘nggi ikki oy ichida ilk bor koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. “Sinfadi” bozorida virus tarqalishi ro‘y berganidan keyin Pekin hukumati barcha dahalarda favqulodda holat e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting