Jahon

13 iyul 2020, 22:16

Qozog‘istonda karantin muddati uzaytirildi, ehtiyojmandlarga pul to‘lanadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev karantin rejimi yana ikki haftaga uzaytirilishi hamda iyul oyida ehtiyojmandlarga 42,5 ming tengedan to‘lanishini ma’lum qildi.

13 iyul 2020, 21:43

Koronavirusga qarshi ilk vaksina birinchi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Dunyodagi birinchi COVID-19 vaksinasi Rossiyada klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Sinovlarda vaksinaning inson uchun zararsiz ekani aniqlandi. Birinchi ko‘ngillilar guruhi 15 iyul kuni kasalxonadan chiqariladi.

13 iyul 2020, 18:37

Dunyoda koronavirus bo‘yicha kunlik rekord yangilandi — 230 mingdan ortiq

JSST koronavirus infeksiyasining kunlik tasdiqlanish holati yana rekord darajada oshganini ma’lum qildi — kuniga 230 mingdan ortiqroq. Dunyo bo‘yicha umumiy qayd etilgan kasallik holatlari 12,93 mln, vafot etganlar soni esa 570 mingdan oshdi.

11 iyul 2020, 16:54

Tojikistonda ehtiyojmand fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam puli beriladi

Tojikiston prezidenti koronavirus pandemiyasi tufayli ehtiyojmand va ijtimoiy zaif aholi qatlamiga kiruvchi fuqarolarga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida (40 dollar atrofida) bir martalik yordam puli ajratish to‘g‘risida qarorni imzoladi.

11 iyul 2020, 12:55

Ilon Mask eng boy odamlar ro‘yxatida Uorren Baffetni ortda qoldirdi

Tesla aksiyalarining o‘sishi hisobiga Ilon Maskning boyligi 6,1 mlrd dollarga ko‘paydi va u dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Uorren Baffet bilan birga yana to‘rt milliarderni ortda qoldirdi.

11 iyul 2020, 11:58

Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaytattan masjidga aylantiriladi

Turkiya prezidenti Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini muzey maqomidan mahrum qildi. Endilikda, ibodatxona yana masjid sifatida ishlatiladi va 24 iyul kuni o‘z faoliyatini boshlaydi. Ibodatxona 1985 yili YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

10 iyul 2020, 16:15

AQSH harbiylarining O‘zbekistondagi bazada zaharlangani haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor qilindi

2001−2004 yillar mobaynida Qarshi-Xonobod bazasida bo‘lgan Amerikalik harbiylar zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maxfiy hujjatlar oshkor etildi. Ma’lumotga ko‘ra, harbiylarning bazaga joylashtirilishidan oldin ushbu hududda Sobiq Ittifoq raketalari yo‘q qilingan.

10 iyul 2020, 11:43

Seul meri o‘lik holda topildi

Seulning bedarak yo‘qolgan meri Pak Von Sun o‘lik holda topildi. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘z joniga qasd qilish aytilmoqda. Uning ish stolida xayrlashuv maktubi topilgan. Avvalroq, Seul meriga qarshi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar ko‘yilgandi.

9 iyul 2020, 15:34

Serbiyaning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

8 iyul kuni kechqurun Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari, bir necha ming kishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va xukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan harakatlaridan noroziligini bildirdi.

8 iyul 2020, 20:56

Qozog‘istonda 13 iyul motam kuni deb e’lon qilindi

13 iyul Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. So‘nggi kunlarda mamlakatda vafot etganlar soni bo‘yicha rekordlar qayd etilmoqda.

8 iyul 2020, 11:06

Braziliya prezidentida koronavirus tasdiqlandi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan test natijalari ijobiy chiqdi. U uydan turib o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

7 iyul 2020, 13:29

AQSH ayrim chet ellik talabalariga viza cheklovlarini joriy etdi

AQSH hukumati 2020 yil kuzgi semestrda to‘liq onlayn bo‘lgan o‘quv muassasalari va dasturlarga qabul qilingan F-1 va M-1 vizasiga nomzod talabalarga viza berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Hozirda AQSHda bunday dasturlarda ta’lim olayotgan talabalar mamlakatni tark etishlari yoki qonuniy maqomda qolish uchun yuzma-yuz o‘qitiladigan o‘quv muassasasiga o‘tish kabi boshqa choralarni ko‘rishlari kerak bo‘ladi.

6 iyul 2020, 12:22

Dunyoning eng mashhur bastakorlardan biri Ennio Morrikone vafot etdi

Butun dunyoga mashhur italiyalik bastakor Ennio Morrikone 91 yoshda vafot etdi. U “Bir zamonlar Amerikada”, “Pianist haqida afsona” va boshqa taniqli kinolarga bastakorlik qilgan hamda kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun ikki marta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

4 iyul 2020, 00:40

Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp iste’foga chiqqani sababli Jan Kasteks yangi bosh vazir etib tayinlandi.

3 iyul 2020, 22:17

Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi

Mashhur UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Unga koronavirus tashxisi quyilgandi.

3 iyul 2020, 18:04

Elektronika chiqindilari hajmi aholiga soniga nisbatan uch baravar tez o‘smoqda

So‘nggi besh yil ichida elektronika chiqindilari dunyo aholisiga nisbatan uch baravarga, global YAIMga nisbatan esa 13 foizga tezroq o‘sdi. Uning beshdan biridan kamroq qismi qayta ishlanadi, qolgani esa chiqindixonalarga tashlanadi va atrof-muhitga, inson salomatligiga zarar yetkazadi.

2 iyul 2020, 18:33

Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Nima o‘zgarmoqda?

Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda ovoz berganlarning deyarli 78 foizi ushbu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi. Prezidentlik muddatining nollashtirilishi, sobiq prezidentlarning daxlsizligi, bosh qomusda Xudoning tilga olinishi hamda nikoh tushunchasi — “Gazeta.uz” Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarni taqdim etadi.

2 iyul 2020, 16:52

Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi. Uning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi manfiy natija bergani haqida ma’lum qilindi.

2 iyul 2020, 15:27

Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi

Qozog‘istonda COVID-19 holatlari ko‘payishi sababli 5 iyuldan boshlab karantin ikki haftaga kuchaytiriladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish va yopiq bozorlar, go‘zallik salonlari, bolalar bog‘chalari va boshqa ob’ektlar ish faoliyati taqiqlanadi.

1 iyul 2020, 23:29

Hindistonda COVID-19dan o‘lganlarning jasadlari chuqurga uloqtirilgan video tarqaldi

Hindistonning janubidagi Karnataka shtatida COVID-19 qurboni bo‘lganlarning jasadlari chuqurga uloqtirilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar uzr so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting