Jahon

10 noyabr 2020, 12:21

Braziliyada Xitoy vaksinasining yon ta’siri sababli sinovlar to‘xtatildi

Braziliyaning Anvisa sog‘liqni saqlash nazorati agentligi Xitoyning Coronavac vaksinasi sinovlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga vaksinaning jiddiy yon ta’siri sabab bo‘ldi.

10 noyabr 2020, 11:31

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi

Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.

10 noyabr 2020, 10:07

Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi

9 noyabr kuni tunda Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Ozarbayjon ushbu hodisa tasodifan sodir etilgani va Rossiyaga qarshi qaratilmaganligi haqida ta’kidlamoqda. Vertolyot ekipajining 2 a’zosi halok bo‘lgan.

9 noyabr 2020, 13:28

BAAda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berildi

BAA hukumati spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish va turmush qurmagan juftliklarning birgalikda yashaganligi uchun belgilangan jazolarni bekor qildi.

9 noyabr 2020, 11:09

Dunyoda COVID-19 bemorlari soni 50 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 50 milliondan oshdi, 1,2 mln bemorlar vafot etdi.

7 noyabr 2020, 22:21

OAV: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

CNN, AP, The New York Times va NBC Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganini yozmoqda. U AQSHning eng keksa va 46 prezidenti bo‘ladi. Bayden hisobida 284 ta, Trampda esa — 214 ta saylovchilar ovozi mavjud.

6 noyabr 2020, 18:05

Yozuvchi-satirik Mixail Jvanetskiy vafot etdi

Mashhur yozuvchi-satirik Mixail Jvanetskiy 86 yoshida vafot etdi.

5 noyabr 2020, 18:11

Daniyada 17 mln qorakuzan yo‘q qilinishi mumkin

Daniyadagi qorakuzanlarda (norka) mutatsiyaga uchragan koronavirus aniqlangani sababli, 1139 ta fermer xo‘jaligidagi 15−17 mln jonivorni yo‘q qilish rejalashtirilmoqda.

5 noyabr 2020, 12:05

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden eng muhim Viskonsin va Michigan shtatlarida g‘olib bo‘ldi. Donald Tramp ushbu shtatlardagi ovozlarni hisoblash bo‘yicha shikoyat qilmoqchi. Jo Bayden g‘alaba qozonishi uchun saylovchilar kollegiyasining yana 6 ta ovozini olishi kifoya. 4 ta shtatdagi natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

4 noyabr 2020, 18:30

Italiyada komendantlik soati e’lon qilindi

Koronavirus tarqalishi sababli Italiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy qildi. Muzey va ko‘rgazmalar yopilib, yuqori maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.

4 noyabr 2020, 14:51

Turkiyaning Izmir provinsiyasida zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi

Turkiyaning Izmir provinsiyasida 6,6 ballik zilziladan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Tabiiy ofatdan vafot etganlar soni 114 nafar, jarohatlanganlar 1035 nafarga yetdi.

4 noyabr 2020, 11:04

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Kanat Isayev iste’fo berdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Kanat Isayev yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlarida qatnashish maqsadida iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

3 noyabr 2020, 21:09

COVID-19: Yevropadagi vaziyat keskin tus olmoqda

Yevropaning bir qator mamlakatlarida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskin tus olmoqda. Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya hukumatlari karantin choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Ispaniyada va Germaniyada ushbu choralarga qarshi bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

3 noyabr 2020, 18:25

Qozog‘istonga kirish va chiqishga bir qator cheklovlar o‘rnatildi

Qozog‘istonda mamlakat chegarasini kesib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Qozog‘istonga kelish va tranzit o‘tish bo‘yicha vizasiz rejim bekor qilindi, Turkiyadan qatnovchi aviareyslar soni kamaytirildi.

3 noyabr 2020, 12:40

Venada bir nechta hujumlar sodir etildi

Noma’lum shaxslar guruhi Avstriya poytaxti Venada hujum uyushtirdi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi vafot etgan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan. Hujumchilardan biri qo‘lga olish paytida o‘ldirildi, qolganlari qochishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat kansleri ushbu hujumlarni «terakt» deb atadi.

3 noyabr 2020, 09:44

AQSHda prezident qanday saylanadi?

3 noyabr kuni AQSHda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik uchun respublikachilar partiyasidan bo‘lgan amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlar nomzodi Jo Bayden kurashadi. Saylov jarayoni qanday kechadi, kimning ovozlari ahamiyatga ega, kim g‘olib bo‘ladi va qaysi shtatlar qanday nomzodlarga ovoz beradi — ushbu savollarga Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon To‘xtasunov oydinlik kiritadi.

2 noyabr 2020, 21:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Moldovada prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi, Germaniyada karantin choralarining kuchaytirilishi, Black Star kompaniyasi bank hisoblarining bloklanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 noyabr 2020, 11:50

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 79 kishiga yetdi

Turkiyaning Izmir provinsiyasida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 79 kishiga yetdi, 962 dan ortiq kishi jabr ko‘rdi.

30 oktabr 2020, 18:44

Turkiyada kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Izmir provinsiyasida bir qancha uylarning qulashiga olib kelgan 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

30 oktabr 2020, 16:36

Xitoyda iPhone sotilishi pasaygani sabab Apple 83 mlrd dollarga arzonladi

Apple kompaniyasining aksiyalari 4,21% ga arzonladi. Sarmoyadorlarning hisoblashicha, Apple Osiyo smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga raqobatni boy bermoqda.

ENG KO`P O`QILGAN XABARLAR


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting