Jahon

19 avgust 2020, 13:48

Dunyo bo‘ylab 22 mlndan ortiq COVID-19 bemorlari ro‘yxatga olingan

Dunyoda ro‘yxatga olingan koronavirus holatlari soni 22 mln dan oshdi, 780 mingdan ortiq odam vafot etdi. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSH, Braziliya va Hindistonda kuzatilmoqda.

19 avgust 2020, 13:31

Malida prezident va bosh vazir hibsga olindi

Malida harbiy kuchlar g‘alayon ko‘tarib, prezident va bosh vazirni hibsga olishdi. Armiya va hukumat o‘rtasidagi mojaroning sababi to‘lovlar miqdorining pastligi bo‘lishi mumkin. BMT qo‘zg‘olonni qoralab, konstitutsion tuzumni tezda tiklashga va mamlakat rahbarlarini qo‘yib yuborishga chaqirdi.

18 avgust 2020, 17:37

Ilon Mask dunyo boylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi

Ilon Maskning boyligi 2020 yil boshidan 57,2 mlrd dollarga o‘sib, umumiy 84,8 mlrdni tashkil etdi. Asosiy sabablardan biri yil boshidan Tesla kompaniyasining aksiyalari 339 foizga o‘sganligi bo‘ldi.

18 avgust 2020, 09:29

YUNEP o‘simlik diyetasiga o‘tishni maslahat bermoqda

Asosan don, dukkakli ekinlar, meva va sabzavotlar kabi mahsulotlarga asoslangan diyetaga o‘tish nafaqat inson salomatligiga, balki atrof-muhitga ham foyda keltiradi. Ammo hozirgi kunga qadar, ovqatlanish bo‘yicha milliy ko‘rsatmalarning aksariyati ushbu yondashuvga amal qilmaydi, deb hisoblaydi YUNEP.

17 avgust 2020, 17:12

Yevropaning neft qazib oluvchi kompaniyalari yangi konlarni o‘zlashtirishdan voz kechmoqda

Yevropaning neft qazib olish sohasidagi mutaxassislari endilikda milliardlab dollarlik neft va gaz zaxiralari hech qachon qazib olinmasligini tan olishdi, deb yozadi Bloomberg. Shu jumladan, Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi avgust oyi boshida mamlakatlarda yangi geologik hududlarni o‘rganishdan butunlay voz kechishini e’lon qildi.

17 avgust 2020, 10:55

Minskda Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi

16 avgust kuni Minskda Aleksandr Lukashenko tarafdorlari va uning hokimiyatiga qarshilar ishtirokidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Lukashenko tarafdorlari namoyishida bir qismi byudjet tashkilotlari xodimlaridan iborat bo‘lgan 65 ming kishi yig‘ildi. Oppozitsiya tarafdorlari namoyishida esa 200 ming odam qatnashdi — bu Belarus tarixidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

16 avgust 2020, 23:48

Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi

Londonda 29 yoshli Aysultan Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining nevarasi olamdan o‘tdi. O‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

14 avgust 2020, 13:00

Isroil va BAA munosabatlarni yaxshilashga kelishib olishdi

Isroil va BAA AQSH vositachiligi bilan munosabatlarni yaxshilash haqidagi tarixiy bitim imzolashdi. Unga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Falastin esa kelishuvga qarshi.

13 avgust 2020, 14:22

YeI va AQSH Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqi va AQSH Belarusda yuz berayotgan namoyishlar ishtirokchilariga zo‘ravonliklar qo‘llanilayotgani sababli mamlakat rahbarlariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Belarus shaharlarida esa ayollar qo‘llarida gul tutgan holda tinch namoyishlarni davom ettirmoqda. Ular safiga tibbiyot xodimlari ham qo‘shildi.

12 avgust 2020, 18:13

Qozog‘iston 17 avgustdan halqaro aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda

Qozog‘iston hukumati 17 avgustdan boshlab BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga xalqaro reyslar tiklashga qaror qildi.

12 avgust 2020, 13:30

TikTok bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanuvchilar ma’lumotini yig‘ib kelgan

TikTok Google ishlab chiqqan Android tizimining maxfiylik himoyasini chetlab o‘tishga erishgan va «millionlab» smartfonlarning unikal identifikatorini qo‘lga kiritgan. Ilova kamida 15 oy davomida foydalanuvchilar ma’lumotini yig‘ib kelgan.

12 avgust 2020, 11:53

Jo Bayden Kamala Xarrisni vitse-prezidentlikka nomzod qilib tanladi

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden senator Kamala Xarrisni vitse-prezident qilib tanladi. Agar Bayden g‘alaba qozonsa, Xarris lavozimdagi birinchi ayol va birinchi qora tanli siyosatchi bo‘ladi.

11 avgust 2020, 17:18

Belarus: norozilik namoyishlari, Svetlana Tixanovskayaning hibsga olinishi va mamlakatni tark etishi

Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatning yirik shaharlarida ikkinchi tun davomida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi va Litvaga jo‘nab ketdi. U videomurojaatida «hayotimizda eng muhimi — bolalar» deya ta’kidladi.

11 avgust 2020, 16:40

Livandagi norozilik namoyishlar sababli hukumat iste’foga chiqdi

Livan hukumati Bayrutda 4 avgust kuni ro‘y bergan kuchli portlash va uning ortidan yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli iste’foga chiqdi. O‘zining xayrlashuv bayonotida bosh vazir «korrupsiya tizimi Livan davlatidan kuchliroq» kelganini ta’kidladi.

11 avgust 2020, 15:08

Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini, tez orada vaksina katta miqdorda ishlab chiqarila boshlanishini ma’lum qildi. Ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.

11 avgust 2020, 12:18

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 20 mlndan oshdi. Bunda, 12,35 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 736 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha AQSH, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

10 avgust 2020, 19:30

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga yil oxirida tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif koronavirus pandemiyasi sababli keyinroq muddatga ko‘chirilgan.

10 avgust 2020, 12:49

Belarusda prezidentlikka saylov yakunlari e’lon qilindi

9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 5 nafar nomzod ishtirok etdi. 10 avgust kuni mamlakat markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qildi va unda 80,23% ovoz bilan amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning qo‘li baland kelgani ma’lum bo‘ldi.

7 avgust 2020, 14:31

Twitter davlat bilan aloqador akkauntlarni belgilashni boshladi

Twitter davlat bilan aloqador va davlat tomonidan boshqariladigan rasmiy akkauntlarga maxsus belgilar qo‘yishni boshladi. Hozirda maxsus belgilar, jumladan, TASS, Russia Today, Sputnik, China Xinhua News kabi OAVlar hamda Kremlning rasmiy akkauntlariga qo‘yilgan.

6 avgust 2020, 14:18

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi

Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting