Jahon

13 oktabr 2020, 13:33

Koronavirusga takroran chalingan bemor vafot etgan ilk holat qayd etildi

Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangandan keyin dunyodagi birinchi o‘lim holati qayd etildi. Dastlabki davolanishdan ikki oy o‘tib takroran COVID-19 aniqlangan 89 yoshli ayol vafot etdi.

13 oktabr 2020, 12:48

Belarus IIV harbiy qurol ishlatishga tayyorligini ma’lum qildi

Belarus ichki ishlar organlari xodimlari, agar kerak bo‘lsa, ko‘chalardagi namoyishlarda maxsus vositalar va harbiy qurollardan foydalanishadi, chunki Minskdagi norozilik harakatlari radikallashmoqda, deya xabar berdi mamlakat IIV.

12 oktabr 2020, 18:39

YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga qaror qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuv bo‘yicha YeI Belarus mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.

12 oktabr 2020, 17:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Shimoliy Koreya rahbarining xalqdan kechirim so‘ragani, Ukraina prezidenti urushni tugata olmasa, o‘z lavozimini tark etishga tayyorligi, Xitoyda butun shahar aholisi COVID-19 ga tekshirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 oktabr 2020, 15:41

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti auksionlar nazariyasi uchun topshirildi

Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiyot bo‘yicha yodgorlik mukofoti Pol Milgrom va Robert Uilsonga auksionlarning yangi formatlarini ixtiro qilganligi uchun topshirildi.

12 oktabr 2020, 15:25

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi

Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.

12 oktabr 2020, 11:21

Emomali Rahmon prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi

11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 90,92% ovoz bilan Tojikistonning amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon g‘alaba qozondi.

9 oktabr 2020, 18:43

Dunyoda bir kunda 338 mingdan ortiq COVID-19 holatlari qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar sonining bir kunlik rekord darajadagi o‘sishini qayd etdi — kuniga 338 mingdan ortiq kishi. Aksariyat holatlar Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda.

9 oktabr 2020, 17:00

Bishkekda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Qirg‘iziston prezidenti ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan Bishkekda favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Shaharga qo‘shinlar kiritilib, blokpostlar o‘rnatiladi.

9 oktabr 2020, 16:21

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Jahon oziq-ovqat dasturiga berildi

Tinchlik bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga ochlik bilan kurashish borasidagi sa’y-harakatlari uchun berildi.

9 oktabr 2020, 14:18

Qirg‘iziston hukumati va bosh vaziri iste’foga chiqarildi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Kubatbek Boronovning iste’fosini qabul qildi. Bu hukumatning ham iste’foga chiqarilganini anglatadi, ammo hukumat yangi bosh vazir jamoa shakllantirmaguncha ishlashda davom etadi.

9 oktabr 2020, 11:33

Sooronbay Jeenbekov mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyor

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qirg‘iz xalqiga navbatdagi murojaatida ijro hokimiyatining qonuniy rahbarlari tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi.

8 oktabr 2020, 16:57

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati e’lon qilindi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka topshirildi.

8 oktabr 2020, 13:47

Qirg‘iziston chegaralararo to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi

Qirg‘izistonda mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida chegaralararo to‘lov tizimlari, shu jumladan SWIFT tizimi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Avvalroq banklarga faoliyatini to‘xtatib turish, 8 oktyabrdan boshlab esa soat 15:00 gacha ishlash tavsiya qilingan.

7 oktabr 2020, 18:44

AQSH mehnat vizalari berishni murakkablashtirdi

AQSH yuqori malakali ishchilar uchun H-1B mehnat vizalarini berishni murakkablashtirdi. Xorijlik ishchilarni ish bilan ta’minlash uchun «maxsus kasblar» soni kamaytiriladi.

7 oktabr 2020, 17:18

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomlarni tahrirlash uslubini yaratgani uchun Jennifer Dudna va Emanuel Sharpentega berildi.

6 oktabr 2020, 23:23

Qirg‘izistonda parlament spikeri va bosh vazir iste’foga chiqdi

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh spikeri va bosh vazir o‘zgardi. Muxolifatchi deputat Miktibek Abdildayev parlament spikeri etib saylandi, yaqinda qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov esa hukumat rahbari v. b. bo‘ldi. Prezident Sooronbay Jeenbekov qonuniy prezident ekanligini ma’lum qildi.

6 oktabr 2020, 16:59

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi tomonidan fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Rojer Penrouz, Reynxard Gensel va Andrea Gezga qora tuynuklar borasida olib borgan tadqiqotlari uchun topshirildi.

6 oktabr 2020, 14:57

O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishni chekladi (aniqlik kiritildi)

6 oktayabrdan boshlab Bishkekdagi tartibsizliklar manzarasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kirishga cheklovlar qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari. Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tomoni esa cheklovlar yo‘qligini e’lon qildi.

6 oktabr 2020, 14:08

Qirg‘iziston MSK parlament saylovlarida ovoz berish natijalarini bekor qildi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Jogorku kenesh saylovlaridagi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi. 5 oktyabrda minglab fuqarolar norozilik namoyishiga chiqib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting