Jahon

11 avgust 2020, 12:18

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 20 mlndan oshdi. Bunda, 12,35 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 736 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha AQSH, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

10 avgust 2020, 19:30

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga yil oxirida tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dekabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif koronavirus pandemiyasi sababli keyinroq muddatga ko‘chirilgan.

10 avgust 2020, 12:49

Belarusda prezidentlikka saylov yakunlari e’lon qilindi

9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 5 nafar nomzod ishtirok etdi. 10 avgust kuni mamlakat markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qildi va unda 80,23% ovoz bilan amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning qo‘li baland kelgani ma’lum bo‘ldi.

7 avgust 2020, 14:31

Twitter davlat bilan aloqador akkauntlarni belgilashni boshladi

Twitter davlat bilan aloqador va davlat tomonidan boshqariladigan rasmiy akkauntlarga maxsus belgilar qo‘yishni boshladi. Hozirda maxsus belgilar, jumladan, TASS, Russia Today, Sputnik, China Xinhua News kabi OAVlar hamda Kremlning rasmiy akkauntlariga qo‘yilgan.

6 avgust 2020, 14:18

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi

Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.

6 avgust 2020, 12:52

Twitter Donald Trampning akkauntini cheklab qo‘ydi

Twitter Donald Trampning sahifasida COVID-19 haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan video paydo bo‘lganidan keyin AQSH prezidentining akkaunti orqali post yozish imkoniyatini cheklashga qaror qildi. Shuningdek, Facebook ham AQSH prezidentining joylagan postini ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib yubordi.

6 avgust 2020, 12:11

Rossiyada chet ellik talabalarning ish bilan ta’minlanishi soddalashtirildi

Rossiyadagi chet ellik talabalarga bo‘sh vaqtlarida maxsus ruxsat va patentsiz ishlashga ruxsat berildi. Ishga joylashish uchun ular faqat o‘quv yurtidan ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

5 avgust 2020, 20:50

YUNEP: Yashil fasad va oq tomlar issiqlikni saqlashga yordam beradi

Shaharlarda haroratni pasaytirish uchun tabiatning o‘zi kifoya, deb hisoblaydi BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP). Buning uchun mutaxassislar fasadlarni ko‘kalamzorlashtirish va uylarning tomlarini bog‘lar bilan o‘rash yoki ularni oq rangga bo‘yashni tavsiya qilmoqda.

5 avgust 2020, 13:23

Beyrut portidagi kuchli portlash qurbonlari soni 100 nafardan oshdi

Livan poytaxtidagi portda ro‘y bergan kuchli portlashga bojxonachilar 2015 yilda musodara qilgan 2700 tonna ammiakli selitra sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisa qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.

4 avgust 2020, 14:56

Ispaniyaning sobiq qiroli korrupsion mojaro sababli mamlakatni tark etdi

Korrupsiya mojarosi markazida qolgan Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etdi. Ispaniya prokuraturasi u Saudiya Arabistonida temir yo‘l qurilishi vaqtida pullarni o‘g‘irlagan, degan gumonda.

4 avgust 2020, 14:45

AQSHda TikTok ni taqiqlash rejalashtirilmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp agar Xitoyning TikTok ilovasi 15 sentyabrga qadar Microsoft yoki boshqa amerikalik kompaniya tomonidan sotib olinmasa, mamlakatda uning taqiqlanishi haqida e’lon qildi. Sotib olingan taqdirda, kelishuvdan tushgan mablag‘ning bir qismini AQSH G‘aznasiga tushirilish sharti qo‘yildi.

4 avgust 2020, 13:34

Gubernator ishi: Moskvadan Vladivostokkacha mitinglar bo‘lib o‘tmoqda

Rossiyada to‘rtinchi haftadirki, ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Norozilik ishtirokchilari Xabarovsk viloyatining sobiq gubernatori Sergey Furgalni qo‘yib yuborish hamda uning o‘rniga tayinlangan Mixail Degtyarevni ishdanbo‘shatishni talab qilishmoqda.

3 avgust 2020, 17:20

Ukrainada O‘zbekiston fuqarosi bankni portlatib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda

Ukraina poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda xodimni garovga olgan va bankni oyog‘iga boylangan bomba yordamida portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor guruhi tahdidchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.

3 avgust 2020, 13:31

Berlinda karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Berlinda koronavirus pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlar natijasida 45 politsiya xodimi jarohatlandi, 133 ishtirokchi hibsga olindi.

3 avgust 2020, 12:06

Crew Dragon kemasi Yerga qaytdi

SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi ikkita kosmonavt bilan birga ilk kosmik parvozidan keyin Yerga xavfsiz tarzda qaytib kelishdi. Missiya 64 kun davom etdi.

1 avgust 2020, 18:10

Belarusda eng yirik miting bo‘lib o‘tdi

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun 30 iyul kuni Minskda o‘tkazilgan miting 63 mingga yaqin odamni to‘pladi (huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra). Bu mamlakatdagi eng yirik mitingga aylandi.

30 iyul 2020, 14:22

Facebook, Google, Amazon va Apple AQSH Kongressi tomonidan so‘roq qilindi

«Eng yirik IT-korporatsiyalar foydalanuvchilar ma’lumotlarini raqobatchilarini „yo‘q qilish“ uchun qo‘llashmoqda, bu kompaniyalar juda yirik», — deydi AQSH kongressmenlari. Shu masalada ushbu yirik kompaniyalar, Apple, Facebook, Google va Amazon rahbarlari Kongress savollariga javob berishdi.

29 iyul 2020, 12:42

Qozog‘istonda karantin yana ikki haftaga uzaytiriladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda iyul oyi oxirigacha amalda bo‘lgan karantin tadbirlarini yana ikki haftaga cho‘zish va undan keyin bosqichma-bosqich yumshatishni buyurdi.

29 iyul 2020, 12:29

Lukashenko koronavirusni «oyoqda» o‘tkazganini ma’lum qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini ma’lum qildi. Unda kasallik simptomsiz kechganini va u infeksiyani «oyoqda» o‘tkazganini ta’kidladi.

23 iyul 2020, 14:19

Turkmaniston JST kuzatuvchisiga aylandi

Jahon savdo tashkiloti a’zolari Turkmanistonga kuzatuvchi maqomini berishni qo‘llab-quvvatladilar. Turkmaniston sobiq sovet respublikalari orasida JST bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatgan oxirgi mamlakatga aylandi.

ENG KO`P O`QILGAN XABARLAR


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting