Jahon

29 aprel 2021, 17:44

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shma choralar ko‘rishga chaqirdi. «O‘zbekiston tez orada kelishuvga erishish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor», — deyiladi TIV bayonotida. Ayni damda, otishma oqibatida Tojikistonning yana 5 nafar, Qirg‘izistonning ham 5 fuqarosi jarohatlangan, bir nafari vafot etdi.

29 aprel 2021, 12:32

Qirg‘iz-tojik chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida nizoli vaziyat yuzaga kelib, ikkala tomon mahalliy aholisi bir-biriga tosh otdi. Umumiy 11 kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Tomonlar nizo kelib chiqishida bir-birlarini ayblashmoqda. Qirg‘izistonning 3 ta qishlog‘ida favqulodda vaziyat joriy etildi.

29 aprel 2021, 09:53

Turkmanistonda «prezident imijini buzmaslik» uchun do‘konlarda navbat hosil qilish taqiqlandi — OAV

Turkmanistonning Turkmanobod shahrida «prezident imijini buzmaslik» uchun do‘konlar oldida odamlarning yig‘ilishi taqiqlanganligi aytilmoqda. Mahalliy aholi do‘konda 4 kishidan ko‘proq odam to‘plansa, politsiya hibsga olish bilan tahdid qilayotganligini ta’kidlamoqda.

28 aprel 2021, 20:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Nursulton Nazarboyevning Qozog‘iston xalqi Assambleyasini boshqarish huquqini amaldagi prezidentga topshirgani, Kipr hukumatining noqonuniy ravishda 3,5 mingta «oltin pasport» bergani, Rossiyaning Boltiqbo‘yi davlatlari va Slovakiya diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 aprel 2021, 16:53

«PSJ» — «Manchester Siti». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu

28 apreldan 29 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

28 aprel 2021, 12:37

AQSHda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

To‘liq emlangan AQSH fuqarolariga ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berildi. Odam gavjum joylar bundan mustasno. AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat aholisini emlashni kechiktirmaslikka chaqirdi.

27 aprel 2021, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarusda “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” tovarlarini sotadiganlarga ma’muriy javobgarlikning e’lon qilingani, JSSTning Hindistonga 2,6 ming xodimini yuborgani, Rossiya va Tojikistonning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini yaratayotgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 aprel 2021, 15:57

«Real Madrid» — «Chelsi». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu

27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

27 aprel 2021, 10:12

Turkiyada 17 maygacha to‘liq karantin e’lon qilinmoqda

Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq karantin cheklovlari amal qiladi. Bunda barcha maktablarda darslar to‘xtatilishi va imtihonlar qoldirilishi e’lon qilindi. Shuningdek, barcha savdo markazlari faoliyati vaqtinchalik cheklab qo‘yiladi.

26 aprel 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)

Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining topilgani, Suriyaning 1 mlndan ortiq aholisi ichimlik suvisiz qolganida Turkiyani ayblagani, Isroilning G‘azo sohilidagi baliq ovi hududini butunlay yopib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

26 aprel 2021, 18:16

Shaharni arvohga aylantirgan avariya — Chernobil AESidagi portlash tarixi

Dunyo atom elektr stansiyasi tarixidagi eng yirik va og‘ir oqibatlarga olib kelgan texnogen avariya — Chernobil AESdagi portlash hisoblanadi. Hodisa oqibatida 200 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydon radioaktiv ifloslanish ta’siriga uchragan. Fojea oqibatida nurlanishning uzoq muddatli ta’siridan 4000 ga yaqin inson vafot etganligi aytiladi. Mudhish avariya haqida qisqacha tafsilotlar.

26 aprel 2021, 15:01

Armaniston bosh vaziri iste’foga chiqdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqdi. Bu vaqt ichida u Vazirlar Mahkamasining rahbari bo‘lib ishlaydi.

26 aprel 2021, 13:33

AQSH armanlar genotsidini rasman tan oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning ommaviy qirg‘in qilinganini rasman tan oldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li buni «siyosiy opportunizm» deb atadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu qaror uchun Baydenga minnatdorchilik bildirdi.

26 aprel 2021, 11:23

Bog‘dodda COVID-19 kasalxonasidagi yong‘inda 80 dan ortiq kishi vafot etdi

Bog‘doddagi koronavirus bemorlarini davolashga mo‘ljallangan kasalhonadagi kislorod saqlanadigan omborida portlash ro‘y berib, yong‘in yuzaga kelgan. 80 dan ortiq kishi halok bo‘lib, 110 kishi jarohat oldi.

26 aprel 2021, 10:42

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadlari ko‘chada yoqib yuborilmoqda

Hindistondagi kasalxonalar yotoq va kislorod tugaganligi sababli COVID-19 bemorlarini qabul qilishdan bosh tortmoqda. O‘liklar ko‘pligidan, ularning jasadlari ko‘chada yoqilmoqda. Kuniga 360 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, 3 ming kishi vafot etayotgani qayd etilgan.

26 aprel 2021, 10:01

«Oskar-2021» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

«Oskar-2021» mukofotiga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi. «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi») filmi eng yaxshi film deb topildi, unda asosiy rolni ijro etgan Frensis MakDormand eng yaxshi aktrisa bo‘ldi, eng yaxshi aktyor esa Entoni Xopkins («Ota» filmi) deb topildi.

24 aprel 2021, 12:32

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Bekor qilingan Yevropa Superligasi, OCHL o‘yinlarida O‘zbekiston jamoalari ishtiroki, Jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar, Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston futzal terma jamoasi va boshqa eng muhim xabarlar — “Gazeta.uz” haftalik sport yangiliklari dayjestida.

23 aprel 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Quddusdagi taroveh namozidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining jarohat olgani, Afg‘onistonning AQSH va NATO qurollarini olib qolishni rejalashtirayotgani, Boltiqbo‘yi davlatlarining rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 aprel 2021, 18:02

Cheklovlar yumshatiladi, niqob taqish shart emas — Isroil koronavirusni qanday yengmoqda?

Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?

22 aprel 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Komissiyasining AstraZeneca’ga qarshi sudga murojaati, ilk bor Mars atmosferasidan kislorod ajratib olingani, Indoneziyaning suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

ENG KO`P O`QILGAN XABARLAR


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting