Jahon

26 noyabr 2020, 12:52

Germaniya hukumati karantin choralari davom ettirilishini e’lon qildi

Germaniyaning federal kansleri Angela Merkel 25 noyabr kuni Germaniyada koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar yanvargacha uzaytirilishini ma’lum qildi. Cheklovlar 20 dekabrga qadar amal qiladi.

26 noyabr 2020, 12:07

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 60 mln dan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 60,4 mln ga yetdi. COVID-19 dan tuzalganlar soni 38,7 mln dan oshgan bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1,4 mln dan ko‘proqni tashqil qilmoqda. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH, Hindiston va Braziliya mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

26 noyabr 2020, 10:51

Polsha O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Polsha hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi. U shaxsiy himoya vositalari, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlardan iborat.

25 noyabr 2020, 22:33

Jahon yangiliklari dayjesti

Noma’lum shaxs o‘z mashinasida Angela Merkelning Berlindagi idorasi darvozasiga urilgani, SpaceX Starlink loyihasi doirasidagi o‘n oltinchi parvoz, Forbes Ilon Maskni dunyoning ikkinchi eng boy odami deb tan olmagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

25 noyabr 2020, 14:48

2020 yilning eng yaxshi universitetlari ro‘yxati e’lon qilindi

The World University Rankings 2020 yildagi dunyoning eng yaxshi universitetlar reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingda 92 ta davlatdan 1400 dan ziyod universitetlar qatnashdi. Birinchi uchtalikdan Oksford, Kaliforniya texnologiya va Kembrij universitetlari o‘rin oldi.

25 noyabr 2020, 12:33

Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilmoqda

Rojdestvo bayrami munosabati bilan Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilmoqda. Fransiyada 28 noyabrdan savdo majmualari ochiladi. Noyabr oyi boshida kuchga kirgan Angliyadagi karantin 2 dekabrda yakuniga yetadi. Shvetsiyada esa karantin cheklovlari kuchaymoqda.

24 noyabr 2020, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Ilon Maskning eng boy odamlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi, bitkoin narxining sezilarli o‘sishi, Apple xavfsizlik xizmati rahbarining korrupsiyada ayblanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 noyabr 2020, 12:23

Xitoy Oydan tuproq olib kelish uchun yig‘uvchi apparatini kosmosga uchirdi

Xitoy «Chanchjen-5» eltuvchi raketasi orqali avtomatik tarzda Yerga qaytadigan tuproq yig‘uvchi apparatini muvaffaqiyatli tarzda kosmosga uchirdi. «Chan’e-5» deb nomlanuvchi o‘zi qaytadigan uskuna reja bo‘yicha uch haftadan so‘ng Yerga Oy tuprog‘ini olib kelishi kerak. Tuproqdan ilmiy o‘rganish va tadqiqot qilish ishlari uchun foydalaniladi. Bungacha faqat AQSH va Sobiq Ittifoq ushbu vazifani bajarishgan.

24 noyabr 2020, 11:59

Tramp hokimiyatni Baydenga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi. GSA rahbari Emili Myorfi Jo Bayden shtabiga AQSH ma’muriyati uning g‘alabasini tan olishga tayyor ekanligini anglatuvchi murojaat yubordi.

24 noyabr 2020, 11:28

Jo Bayden Oq uydagi asosiy mansablar uchun o‘z nomzodlarini tanladi

Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Jo Bayden prezident ma’muriyati tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Evril Xeyns AQSH milliy razvedkasini boshqaradigan birinchi ayol va Kubada tug‘ilgan Alexandro Mayorkas esa Milliy xavfsizlik departamentini boshqaradigan ilk lotinamerikalik bo‘lishi mumkin.

24 noyabr 2020, 09:52

COVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasi 70% samaradorligini ko‘rsatdi

Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 ga qarshi vaksina o‘rtacha 70 foiz samaradorligini ko‘rsatdi.

23 noyabr 2020, 20:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroil bosh vazirining Saudiya Arabistoniga e’lon qilinmagan tashrifi, Germaniyada kompaniyalar boshqaruvida ayollar uchun kvotalar joriy etilishi, Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ishi bo‘yicha sud jarayonining boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 noyabr 2020, 11:18

AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqdi

AQSH 30 dan ortiq davlatlarni o‘z ichiga olgan Ochiq osmon shartnomasidan rasman chiqdi. Chiqish rejasi haqida bundan olti oy oldin e’lon qilingan edi.

22 noyabr 2020, 18:48

XXR raisi koronavirus testi natijalari asosida xalqaro «salomatlik kodlari» tizimini yaratishni taklif qildi

Si Szinpin «sog‘liqni saqlash kodlarini» o‘zaro tan olishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bundan tashqari, Xitoy dunyodagi barcha halqlar uchun Covid-19 vaksinalari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.

21 noyabr 2020, 17:38

Estoniya ta’lim vaziri farzandlarini maktabga xizmat mashinasida olib borgani uchun iste’foga chiqdi

Estoniya ta’lim va fan vaziri Mailis Reps farzandlarini maktab va to‘garakka o‘z xizmat mashinasida olib borgani uchun iste’foga chiqdi.

21 noyabr 2020, 15:07

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni ikki milliondan oshdi

Rossiyada kun davomida 24,8 mingta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Umumiy qayd etilgan kasallanish holatlari esa ikki milliondan oshdi.

20 noyabr 2020, 21:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlari, Armaniston poytaxtida bosh vazirga qarshi namoyishlar, Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

20 noyabr 2020, 16:55

Pavel Durov iPhone 12 Pro ni tanqid qildi

Pavel Durov yangi iPhone 12 Pro smartfonini noqulay deb atadi. Shuningdek, Telegram asoschisi Apple haqida fikr bildirib, kompaniya «haligacha Stiv Jobs tomonidan yaratilgan texnologiyalar va obro‘-e’tibor evaziga» kun ko‘rishini ta’kidladi.

20 noyabr 2020, 16:25

Pfizer vaksinasi 15,5 yevroga baholanmoqda

Klinik sinovlarning navbatdagi bosqichida Pfizer preparati 90% dan yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi. Sinovda ishtirok etgan 43 mingdan ortiq insonlardan atigi 94 nafar ishtirokchi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. Vaksina narxi 15,5 yevroga baholanmoqda.

20 noyabr 2020, 11:30

Belarusda ijtimoiy tarmoqdagi kanal asoschilari terroristlar ro‘yxatiga kiritildi

Belarus xavfsizlik xizmati mamlakatning eng mashhur Telegram kanallari Nexta va Nexta Live asoschilarini «terroristik faoliyatga aloqador shaxslar» ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatga kiritish uchun asos sifatida Putilo va Protasevichning Belarus Jinoyat kodeksining ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish moddasini buzish holatlari ko‘rsatilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting