Jahon

19 yanvar 2021, 09:59

Qozog‘iston 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashni boshlaydi

Qozog‘istonda 1 fevraldan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash jarayonlari boshlanadi. Yilning birinchi yarmida 2 mln kishi, ikkinchi yarmida esa 3−4 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.

18 yanvar 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHning Afg‘onistondagi elchixonasining amerikaliklarni mamlakatni tark etishga chaqirig‘i, Rossiya tashqi ishlar vazirining G‘arbda Telegram bloklanishi mumkinligini ta’kidlangani, Tailandda 10 dollarlik turistik yig‘imning joriy etilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

18 yanvar 2021, 18:59

O‘zbekiston xalqaro xavfsizlik indeksida 14 pog‘onaga pastladi

2021 yilgi xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksida O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha 40-o‘rinni egalladi. 2020 yil yarim yilligi bo‘yicha hisobotda O‘zbekiston 26-o‘rinda edi.

18 yanvar 2021, 11:34

Indoneziyadagi zilzila va suv toshqini qurbonlari soni 96 kishiga yetdi

Indoneziyada sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va suv toshqini oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi. 70 mingdan ortiq aholi uylarini tark etdi.

18 yanvar 2021, 11:19

Aleksey Navalniy Moskvada hibsga olindi

To‘rt oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytib kelishi bilan hibsga olindi. Uning samolyoti Vnukovo aeroportida qo‘nishi kerak edi, ammo bundan bir necha daqiqa oldin samolyot Sheremetevoga yo‘naltirildi. Navalniy pasport nazoratidan o‘tayotgan paytda hibsga olingan.

16 yanvar 2021, 14:24

Falastinda so‘nggi 15 yil ichida ilk marotaba umumiy saylovlar bo‘lib o‘tadi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos mamlakatda 15 yil ichida ilk marotaba umumiy (parlament va prezidentlik) saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi.

16 yanvar 2021, 12:20

Niderlandiya hukumati iste’foga chiqdi

Niderlandiya hukumati bolalar parvarishi uchun nafaqa mojarosi tufayli iste’foga chiqdi. Minglab odamlar asossiz firibgarlikda ayblangan va ulardan bir necha yillik pullarni qaytarib berish talab qilingan.

15 yanvar 2021, 21:37

Telegram 30 mlrd dollarga baholandi

Kompaniya ulushini sotib olmoqchi bo‘lgan investorlar Telegram’ni 30 mlrd dollarga baholashdi, ammo bu taklifni Pavel Durov rad etdi. 2015 yilda messenjer asoschisi Telegram’ni 3−4 mlrd dollarga baholagan edi.

15 yanvar 2021, 18:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qilgani, AQSH Xitoyning Xiaomi kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgani, Argentinada abortga ruxsat berish to‘g‘risidagi qonun imzolangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 yanvar 2021, 18:05

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida xalqaro aviareyslar tiklandi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklandi. Reyslar 2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.

15 yanvar 2021, 18:05

Dunyo bo‘ylab 35 mln inson COVID-19'ga qarshi emlandi

Hozirda dunyo bo‘ylab jami 49 mamlakatda 35 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bir qator mamlakatlarda Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca/Oxford va Sinopharm kabi kompaniyalar vaksinalarini qo‘llashga ruxsat berilgan.

15 yanvar 2021, 17:04

O‘zbekiston 70 million doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgan

Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega. Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi.

15 yanvar 2021, 12:22

Germaniyada COVID-19 yuqtirganlar soni 2 milliondan oshdi

Germaniyada so‘nggi 24 soat ichida 22 368 kishi koronavirus yuqtirgan bo‘lib, COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 milliondan oshdi. Germaniya hukumati uzoq muddatga mo‘ljallangan jiddiy karantin cheklovlarini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

15 yanvar 2021, 11:25

Qirg‘izistonda COVID-19 dan vafot etish holatlari ancha ko‘proq — bosh vazir o‘rinbosari

Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Elvira Surabaldiyevaning xabar berishicha, mamlakatda COVID-19 bo‘yicha o‘lim holatlari aslida Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilayotgan rasmiy sonlardan anchagina ko‘proq.

15 yanvar 2021, 09:42

“Ералаш"ning badiiy rahbari Boris Grachevskiy vafot etdi

“Ералаш” bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy 71 yoshida koronavirusdan vafot etdi.

14 yanvar 2021, 20:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda sakkiz oy ichida birinchi marta koronavirus bilan kasallangan bemorning o‘limi, AQSHning Teslani 158 mingta avtomobilni qaytarib olishga chaqirgani, Hindistonda sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida ilk bor shaxsning hibsga olinishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

14 yanvar 2021, 17:15

Trampga ikkinchi marotaba impichment e’lon qilindi

AQSH Vakillar palatasi AQSH hukumatiga qarshi «isyon qo‘zg‘atgani» uchun Donald Trampga impichment e’lon qildi. U AQSHning ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi prezidentiga aylandi.

14 yanvar 2021, 16:39

Sud Janubiy Koreya sobiq prezidentining hukmini o‘z kuchida qoldirdi

Janubiy Koreya Oliy sudi korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblangan sobiq prezident Pak Kыn Xening hukmini o‘z kuchida qoldirdi. U 22 yilni qamoqda o‘tkazadi.

14 yanvar 2021, 15:00

Bryusselda migrantning o‘limi oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Gvineyalik migrantning Bryussel politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan so‘ng bir soat o‘tib vafot etishi oqibatida shaharda namoyishlar boshlandi. Yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 112 kishi hibsga olindi, 6 kishi jarohat oldi.

14 yanvar 2021, 12:28

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Vuxan shahriga kelishdi

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyning Vuxan shahriga kelib qo‘nishdi. 2019 yil dekabrida aynan ushbu shaharda ilk bor COVID-19 infeksiyasining tarqalishi kuzatilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting