Jahon

31 avgust 2021, 10:18

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

Dushanba kuni AQShning so‘nggi harbiy samolyoti Afg‘onistonni tark etdi va mamlakatning harbiy missiyasi yakunlandi. Shuningdek, AQShning Afg‘onistondagi diplomatik faoliyati ham to‘xtatildi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Kobuldagi elchixona yopiqligicha qoladi.

30 avgust 2021, 21:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda bolalarga haftasiga uch soatdan ko‘proq vaqt davomida videoo‘yinlar o‘ynashning taqiqlangani, AQSh janubiga «Ida» dovulining bostirib kelgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

30 avgust 2021, 11:44

AQShning Kobuldagi raketa zarbasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi — CNN

Yakshanba kuni Kobulda AQSh Qurolli Kuchlari raketa zarbasi orqali portlovchi moddalar o‘rnatilgan mashina yo‘q qilingan. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, ular orasida olti nafar bola bor, deb xabar berdi CNN. AQSh Mudofaa vazirligi mashinada bir nechta xudkushlar bo‘lganini ham taxmin qildi.

27 avgust 2021, 21:53

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda respublikachilarning Jo Bayden iste’fosini talab qilishayotgani, Efiopiyada separatistlarning 210 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 avgust 2021, 15:07

Germaniya Afg‘onistondan evakuatsiyani yakunladi

Germaniya Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan evakuatsiya jarayonlarini yakunladi. 26 avgustda bundesverning oxirgi samolyotlari Kobuldan Toshkentga uchdi, u yerga mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ham keldi. U «juda keskin vaziyatda» O‘zbekiston yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

27 avgust 2021, 12:17

Jo Bayden Kobuldagi portlashlardan keyin ISHIDga qarshi hujumlarni tayyorlashni buyurdi

AQSh prezidenti Jo Bayden 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHID rahbarlari va obyektlariga zarba berishni buyurdi. «Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi u.

27 avgust 2021, 10:58

«Butun Panjsher vodiysi kurashga tayyor» — Tolibonga qarshilik kuchlari yetakchisi

Panjsher viloyatidagi toliblarga qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud Rossiyaning RBK nashriga intervyu berdi. U o‘zi bilan birga qancha jangchilar borligi, uning tarafdorlari kimlar ekanligi, qo‘shni va boshqa xorij davlatlaridan harbiy ko‘mak olayotgani yoki yo‘qligi hamda G‘ani rejimi nima sababdan bunchalik tez qulagani haqida fikr bildirdi. Qolaversa, Rossiya o‘z manfaatini ko‘zlagan holda toliblarga bosim o‘tkazishi lozimligini ta’kidladi. «Gazeta.uz» intervyuning tarjimasini taqdim qiladi.

27 avgust 2021, 10:10

Qozog‘iston harbiy qismlaridagi portlashlar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolganlar bor

Qozog‘istonning Jambil viloyati, Qaynar qishlog‘idagi muhandislik o‘q-dorilari saqlanadigan omborlardan birining yonida yong‘in yuzaga kelib, portlashlar ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 66 kishi jabrlangan. Bir necha kishi aloqaga chiqayotgani yo‘q. Taxminan 1200 kishi evakuatsiya qilindi.

27 avgust 2021, 09:32

Kobuldagi portlashlar. 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi

Payshanba kuni Kobulda sodir etilgan portlashlarda 90 nafardan ortiq afg‘on fuqarosi va 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi. 1000 dan ortiq odam jarohatlangan. «ISHID» Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

26 avgust 2021, 16:46

«Yil banknoti» tanlovida g‘olib bo‘lgan dunyo mamlakatlari pullari (foto)

Deyarli har bir mamlakatda o‘ziga xos dizayn, o‘lcham va har xil qiymatdagi pul banknotlari mavjud. Xalqaro banknot jamiyatining «Yil banknoti» tanlovida har yili yangi muomalaga chiqarilgan ko‘plab pul belgilari g‘oliblik uchun kurashadi. 2010−2020 yillarda mazkur tanlovda g‘olib bo‘lgan dunyo mamlakatlari pullari haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

26 avgust 2021, 10:09

Afg‘oniston iqtisodiyoti nimadan tashkil topgan?

«Tolibon» nazoratiga o‘tgan Afg‘oniston iqtisodiyotining hajmi 20 mlrd AQSh dollariga teng. Noqonuniy afyun savdosi afg‘on iqtisodiyotida markaziy o‘rinni egallaydi. Mamlakat YAIMining taxminan 30% qismi, davlat xarajatlarining 75% qismi xalqaro grantlar hisobiga moliyalashtiriladi.

25 avgust 2021, 21:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Jazoirning Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzayotgani, Yaponiyaning 8 ta prefekturasida favqulodda holat e’lon qilingani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

25 avgust 2021, 16:24

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari

Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.

25 avgust 2021, 11:42

G7 yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

«Katta yettilik» yetakchilari har qanday afg‘on hukumatini xalqaro majburiyatlarga rioya qilishga chaqirdi va Afg‘onistondan evakuatsiya qilish harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishdi. Ular, shuningdek, «Tolibon» terrorizmning oldini olish va inson huquqlarini ximoya qilish uchun mas’ul bo‘lishini ta’kidladilar.

24 avgust 2021, 21:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Armanistonda ayollarning harbiy qismlarga jalb qilinishi, Pokistonda talabalar va o‘qituvchilar uchun majburiy emlashning joriy qilingani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 avgust 2021, 12:36

Koronavirusning barcha shtamlarini zararsizlantiradigan antitanacha aniqlandi

AQSh olimlari koronavirusning ma’lum bo‘lgan barcha mutatsiyalarini zararsizlantira oladigan antitanachani aniqladilar. Ispan olimlari esa boshqa koronaviruslarga qarshi antitanacha COVID-19dan ham himoyalay olishini isbotlashdi.

24 avgust 2021, 11:11

Toliblar Afg‘oniston boshqaruvi uchun kengash tashkil etadi

«Tolibon» Afg‘onistonni boshqaradigan 12 kishilik kengash tashkil etishni rejalashtirmoqda.

23 avgust 2021, 23:05

«„Tolibon“ bilan konfrontatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin» — KXSHT bosh kotibi

KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.

23 avgust 2021, 21:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Polshaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etayotgani, Rim papasining taxtdan voz kechishi mumkinligi, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 avgust 2021, 16:44

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini qamal qildi

«Tolibon» nazorat qilmaydigan yagona Panjsher provinsiyasi harakat vakillari tomonidan qamal qilindi. Provinsiyaning qarshilik vakillari toliblar bilan to‘qnash kelishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilib, jiddiy muzokaralarga chaqirishdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting