18 iyun, seshanba

Jahon

Parijdagi mashhur cherkovda yong‘in sodir bo‘ldi 

Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in hozirda ta’mirlanayotgan cherkov cherdagida boshlangan.

Dunyodagi eng katta samolyot ilk parvozni amalga oshirdi 

Dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyoti Kaliforniyada ilk parvozini amalga oshirdi. Koinotga raketalar tashishga mo‘ljallangan samolyot havoda 2,5 soat davomida parvoz qildi.

Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylovlar 9-iyunda o‘tkaziladi 

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 9-iyunda bo‘lib o‘tadi.

Devid Malpass Jahon banki rahbari bo‘ldi 

AQSH moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass Jahon banki prezidenti etib tayinlandi.

Taniqli rejissyor Georgiy Daneliya vafot etdi 

«Mimino», «Kin-dza-dza!» kabi filmlar rejissyori Georgiy Daneliya uzoq xastalikdan so‘ng 88 yoshda vafot etdi.

Jazoir prezidenti iste’foga chiqdi 

Jazoirning 82 yoshli prezidenti Abdul-Aziz Buteflika iste’foga chiqdi.

Gruziyada yelim xaltalar taqiqlandi 

Apreldan Gruziyada bir martalik yelim xaltalarni ishlab chiqarish, import qilish va sotish taqiqlandi.

Slovakiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Zuzana Chaputova g‘olib bo‘ldi 

Slovakiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgan Zuzana Chaputova mamlakatning ilk ayol rahbari bo‘ldi.

AQSH QK Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni o‘zgardi 

Kennet Makkenzi Jozef Votel o‘rniga AQSH QK Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlash marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Qozog‘istonda harbiy vertolyot qulab tushdi, 13 kishi vafot etdi 

Bortida 13 kishi bo‘lgan Qozog‘iston Mudofaa vazirligi vertolyoti o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida halokatga uchradi.

Yevroparlament bir martalik plastik idishlarni taqiqladi 

Yevroparlament 2021 yildan bir martalik plastik idishlarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqladi.

AQSHda Boeing 737 MAX samolyoti favqulodda qo‘ndirildi 

Boeing 737 MAX 8 samolyoti AQSHdagi Orlando aeroportidan havoga ko‘tarilganidan so‘ng darhol favqulodda qo‘ndirildi.