Jahon

11 dekabr 2020, 19:33

Jahon yangiliklari dayjesti

Ozarbayjonda harbiy holatning bekor qilinishi, AQSH siyosiy boshpana berish qoidalarini keskin kuchaytirishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

11 dekabr 2020, 12:23

Time jurnali «2020 yil odami»ni e’lon qildi

Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.

10 dekabr 2020, 11:44

Ukrainada 2021 yil 8 yanvardan boshlab qat’iy karantin e’lon qilindi

Ukraina 8 yanvardan 24 yanvargacha karantin e’lon qilinib, unga ko‘ra ushbu muddat davomida mamlakatda barcha kinoteatrlar, sportzallar, savdo markazlari, kafe va restoranlar faoliyati cheklab qo‘yiladi. O‘quv muassasalari ta’tilda bo‘lib, Ukrainada barcha ko‘ngilochar, ommaviy-ma’daniy tadbirlar taqiqlab qo‘yiladi.

9 dekabr 2020, 19:29

Jahon yangiliklari dayjesti

Interpolning onlayn firibgarlarga qarshi operatsiyasi davomida 20 mingdan ortiq odam hibsga olingani, Olma-Otada alomatsiz bo‘lgan koronavirus bemorlarining ham kasalxonaga yotqizilishi, Ilon Maskning Texasga ko‘chishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

9 dekabr 2020, 19:02

Rossiya sobiq prezidentlariga umrbod dahlsizlik huquqi berildi

Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentlarining dahlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi. Unga ko‘ra, sobiq prezidentning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmasligini, uni hibsda ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish kabi choralarni qo‘llamaslikni kafolatlanadi.

9 dekabr 2020, 11:42

Metallardan zaharlanish Hindistondagi noma’lum kasallikning sababi bo‘lishi mumkin

Qo‘rg‘oshin va nikeldan zaharlanish Hindiston janubida noma’lum kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin deya tahmin qilinmoqda. Uch kun ichida 500 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi.

9 dekabr 2020, 11:29

Chempionlar ligasidagi o‘yin rasizm mojarosi sababli qoldirildi

8 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi «Pari Sen-Jermen» — «Istanbul Bashakshexir» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14-daqiqada to‘xtatib qo‘yildi. Bunga sabab, ruminiyalik to‘rtinchi hakam Sebastyan Kolteskuning turk jamoasi bosh murabbiysi assistenti Per Veboni «qora yigit» deb atagani bo‘ldi.

9 dekabr 2020, 11:14

AQSHda Pfizer vaksinasi sinovlarida ishtirok etgan 6 kishi vafot etdi

Vafot etganlarning uch nafari 55 yoshdan oshgan edi. Ikki nafariga vatsina berilgan bo‘lsa, to‘rt kishiga platsebo berilgan. Ko‘ngillilarning sog‘ligida ba’zi muammolar bo‘lib, ular surunkali kasalliklardan aziyat chekishgan.

7 dekabr 2020, 19:08

Jahon yangiliklari dayjesti

Rivojlangan mamlakatlarning yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilari neftni qayta ishlash zavodlarini yopishi, Lufthansa aviakompaniyasining 27,5 ming ish o‘rnini qisqartirishi, Turkmanistonda birinchi sinf o‘quvchilariga mamlakatda ishlab chiqarilgan kompyuterlar sovg‘a qilinishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

7 dekabr 2020, 18:31

Qozog‘iston tadbirkorlari O‘zbekistondan tovarlarni olib kirishda teng sharoitlarni so‘rashmoqda

Qozog‘iston senatori mamlakat tadbirkorlari O‘zbekistonga eksport qilishda duch kelayotgan asosiy muammolarni sanab o‘tdi. Uning gaplariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan kirib kelayotgan 96 turdagi tovarga bojxona qiymatidan 5 foizdan 50 foizgacha aksiz solig‘ini qo‘llaydi. Qozog‘istonda esa o‘zbek mahsulolari uchun o‘xshash aksiz soliqlari mavjud emas.

7 dekabr 2020, 16:04

Hindistonda 350 dan ortiq kishi noma’lum kasallikka chalindi, bir kishi vafot etdi

Hindistonda bosh aylanishi va hushidan ketish kabi alomatlar bilan noma’lum kasallik avj olgani sababli 350 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi. Bugungi kunga kelib ulardan 180 dan ortig‘i shifoxonadan chiqarildi, 160 ga yaqini xaligacha davolanishni davom etmoqda.

4 dekabr 2020, 21:03

Jahon yangiliklari dayjesti

Germaniyada COVID-19 ga qarshi emlanishning bepul va ixtiyoriy bo‘lishi, Moldova parlamentining prezident vakolatlarini qisqartirgani va rus tili maqomini oshirgani, Pfizer yil oxiriga qadar vaksinalarning yarmini ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

3 dekabr 2020, 22:24

Xelga Shmid YeXHTning yangi bosh kotibi bo‘ladi

Xelga Shmid YeXHTning yangi bosh kotibi, Tereza Ribeyru OAV erkinligi bo‘yicha vakili, Matteo Mekachchi DIIHB direktori bo‘ladi.

3 dekabr 2020, 19:20

G‘ildirakdagi karantin

Natasha va Lyuda — Smolensk viloyatidan bo‘lgan opa-singillar. 2019 yilda ular ishdan bo‘shash uchun ariza yozib, iti Yuni o‘zlari bilan olib, Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘p oylik velosayohatiga chiqdilar. Ularni barqaror ish joyini velosiped egariga, issiq orom ko‘rpalarni sayyohlik chodiriga almashtirishga nima majbur qildi va uyni yo‘lda his qilish nima ekanligi haqida — “Gazeta.uz” materialida.

3 dekabr 2020, 12:09

Polshada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi

Polshada oxirgi kun davomida 13 855 ta kasallanish holatlari aniqlanib, umumiy COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi. Avvalroq Germaniyada ham ushbu ko‘rsatkich milliondan oshgan edi. Hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 64,5 mln ga yetdi.

3 dekabr 2020, 11:53

Pandemiya sababli deyarli butun dunyoda ish haqi pasaydi — XMT

COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoda ish haqining pasayishiga yoki o‘sishining to‘xtashiga olib keldi, dedi XMT. Inqiroz, ayniqsa, ayollar va kam maoshli ishchilarning daromadlariga ta’sir ko‘rsatdi.

3 dekabr 2020, 11:33

Qozog‘istonliklar haydovchilik guvohnomasini o‘zlari bilan olib yurmasliklari mumkin bo‘ladi

Qozog‘istonda haydovchilik guvohnomasi va transport vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlari yo‘qligi uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish kutilmoqda. Barcha kerakli ma’lumot ma’lumotlar bazasidan tekshiriladi.

2 dekabr 2020, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaponiya parlamentining aholini bepul emlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani, Shimoliy Koreya xakerlarining oltita farmatsevtika kompaniyasiga hujumi, dunyoda 40 milliondan ortiq odamning qullikda yashayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 dekabr 2020, 19:13

Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi

Putin kelasi hafta Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.Birinchi bo‘lib o‘qituvchilar va shifokorlar emlanishi kutilmoqda.

2 dekabr 2020, 16:09

Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan ikki qismi internetga ega emas — YUNISEF

Dunyo bo‘ylab taxminan 1,3 mlrd bola internetga ega emas. COVID -19 tufayli maktablarning yopiqligi bolalarning ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishiga olib keladi, deyiladi YUNISEF hisobotida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting