Jahon

23 dekabr 2020, 11:44

Ekvadorda koronavirusning yangi turlari aniqlandi

Ekvadorda COVID-19 ning yangi turlari qayd etildi. Olimlarning aytishiga ko‘ra, ularning Buyuk Britaniyadagi koronavirusning yangi shtammi bilan aloqasi yo‘q.

22 dekabr 2020, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Trampning Sindzo Abe, Narendra Modi va Skott Morrisonni «Faxriy legion» ordeni bilan taqdirlagani, Turkiya hukumatining mehmonxonalarda yangi yil bayramlarini o‘tkazishni taqiqlashi, BioNTech’ning 6 hafta ichida yangi COVID-19 mutatsiyasiga qarshi vaksina yaratishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 dekabr 2020, 16:02

Rossiyadagi chet elliklar orasida o‘zbekistonliklar eng ko‘p YTH sababchisi bo‘lgan

Rossiyada 2020 yilning 9 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning aksariyatiga o‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarolari keltirib chiqargan 797 YTHda 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan. Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan avariyalarda eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar qurbon) qayd etilgan.

22 dekabr 2020, 15:57

AQSHda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 892 mlrd dollar ajratiladi

AQSHda inqirozni yengillashtrish uchun ko‘plab fuqarolarga 600 dollardan beriladi, pandemiya sababli ishini yo‘qotganlar qo‘shimcha to‘lov oladi.

22 dekabr 2020, 15:39

The Economist Malavini yil davlati deb e’lon qildi

The Economist Malavi davlatini yil davlati deb e’lon qildi. Bu qarorni nashr «avtoritar hududda demokratiyaning tiklanishi» uchun deya izohladi.

22 dekabr 2020, 12:45

Aleksey Navalniy «uni zaharlagan shaxs» bilan bo‘lgan suhbatini internetga joyladi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy unga suiqasd uyushtirganlikda gumonlanayotgan FSB xodimlaridan biri bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroq suhbatini internetga joyladi. Navalniyning aytishicha, FSB xodimi unga suiqasd uyushtirilganligini tan olgan.

22 dekabr 2020, 12:20

Yupiter va Saturn 1623 yildan beri ilk bora maksimal darajarada yaqinlashdi

O‘rta asrlardan buyon ilk bora Yupiter va Saturn maksimal darajada yaqinlashdi. Ushbu hodisa 1226 yildan beri birinchi marta tunda sodir bo‘lgani qayd etildi.

22 dekabr 2020, 11:33

Koronavirusning yangi shtammi tufayli Isroilga chet elliklarning kirishi to‘xtatildi

Britaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda tarqalayotgan koronavirusning yangi shtammi tufayli Isroil chet elliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatib qo‘ydi.

22 dekabr 2020, 10:34

21 dekabrdan qator davlatlarga aviareyslar to‘xtatildi

21 dekabrdan 10 yanvarga qadar O‘zbekiston Yevropaning 6 ta hamda Avstraliya va JAR bilan aviareyslarni to‘xtatmoqda. Bunga ushbu davlatlarda yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi sabab bo‘lgan.

22 dekabr 2020, 09:29

Jo Bayden COVID-19ga qarshi emlandi

Jo Bayden rafiqasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya jaryoni jonli efirda namoyish etildi.

21 dekabr 2020, 17:38

«Senimi, shoshmay tur» multfilmi mualliflaridan biri Aleksandr Kurlyandskiy vafot etdi

«Senimi, shoshmay tur» va «Daydi to‘tining qaytishi» multfilmlari mualliflaridan biri, yozuvchi va dramaturg Aleksandr Kurlyandskiy vafot etdi.

21 dekabr 2020, 17:01

Qozog‘istonda «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash 2021 yil fevralda boshlanadi

Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshladi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy vaksinatsiya jarayonlari 2021 yilning fevralidan boshlanishi belgilandi.

21 dekabr 2020, 16:20

Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi shtammi tufayli chegaralarini yopdi

Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi tufayli Saudiya Arabistoni barcha transport qatnovlarini yopib qo‘ydi. Yevropa va virus qayd etilgan mamlakatlardan kelganlarga 2 haftaga o‘z-o‘zini yakkalash majburiy etib belginlandi.

21 dekabr 2020, 14:44

Qozog‘iston koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlarni kuchaytirmoqda

Qozog‘istonda 25 dekabrdan 5 yanvargacha koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlar kuchaytirilmoqda. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanib, ulgurji bozorda COVID-19'ga qarshi dori vositalarini o‘rtacha 24% ga arzonlashtirish buyurildi

21 dekabr 2020, 10:48

4 ta mamlakatda koronavirusning yangi shtammi qayd etildi

Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlandi. Ushbu virus o‘zining tez tarqalishiga qaramay, o‘limga olib kelishi yoki vaksinalarga turlicha ta’sir qilishiga hozircha hech qanday asos yo‘qligi aytilmoqda. Bir qator mamlakatlar Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi.

18 dekabr 2020, 20:25

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHda COVID-19 vaksinasi ishlab chiqaruvchilarining nojo‘ya ta’sirlar uchun javobgarlikdan ozod qilinishi, Shvetsiya qirolining karantinsiz koronavirusga qarshi kurashishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olgani, Singapurda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda COVID-19ga qarshi antitanachalarning topilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 dekabr 2020, 15:02

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallandi. U 7 kunga izolyatsiya qilinadi va masofadan turib faoliyatini davom ettiradi.

17 dekabr 2020, 13:46

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT

BMT tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Suriya va Venesueladan.

17 dekabr 2020, 11:41

Xitoyning «Chan’e-5» apparati Oydan Yerga muvaffaqiyatli tarzda qaytdi

Xitoyning Oydan tuproq olib kelish uchun 24 noyabrda kosmosga uchirilgan «Chan’e-5» yig‘uvchi apparati 17 dekabr kuni o‘z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda Yerga qaytdi.

16 dekabr 2020, 23:42

Bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi

16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshib, BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Bunday o‘sishga milliarderlar va yirik kompaniyalarning kripto valyutaga sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting