Jahon

30 aprel 2019, 12:47

Indoneziya poytaxtini Yava orolidan ko‘chirishga qaror qilindi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo aholi soni ortib ketgani va suv toshish ehtimoli sababli poytaxtni ko‘chirish rejalashtirilayotganini e’lon qildi.

25 aprel 2019, 14:56

2019-yilda neft narxi kutilgandan pastroq bo‘ladi — Jahon banki

Jahon iqtisodiyotida o‘sish sur’atlarining pastligi va OPEK tarkibiga kirmagan davlatlarda neft qazib olish hajmining oshirilishi neft narxining tushishiga olib kelishi mumkin.

23 aprel 2019, 16:51

«Islom davlati» Shri-Lankadagi portlashlarni zimmasiga oldi

«Islom davlati» Shri-Lankadagi seriyali portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi, biroq oroldagi hujumlarga aloqadorligiga oid dalillarni taqdim etmadi.

22 aprel 2019, 13:09

Shri-Lankadagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 290 kishiga yetdi

Shri-Lankadagi sakkizta portlash natijasida vafot etganlar soni 290 kishiga yetdi, 500 kishi jarohatlandi. Hodisalarda aloqadorlikda gumonlanib 24 kishi qo‘lga olindi.

21 aprel 2019, 13:12

Shri-Lankadagi portlashlarda 130 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Shri-Lankada mehmonxonalar va katolik cherkovlaridagi portlashlarda eng kamida 137 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi.

15 aprel 2019, 23:05

Parijdagi mashhur cherkovda yong‘in sodir bo‘ldi

Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in hozirda ta’mirlanayotgan cherkov cherdagida boshlangan.

15 aprel 2019, 14:24

Dunyodagi eng katta samolyot ilk parvozni amalga oshirdi

Dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyoti Kaliforniyada ilk parvozini amalga oshirdi. Koinotga raketalar tashishga mo‘ljallangan samolyot havoda 2,5 soat davomida parvoz qildi.

9 aprel 2019, 12:53

Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylovlar 9-iyunda o‘tkaziladi

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 9-iyunda bo‘lib o‘tadi.

8 aprel 2019, 13:41

Devid Malpass Jahon banki rahbari bo‘ldi

AQSH moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Malpass Jahon banki prezidenti etib tayinlandi.

4 aprel 2019, 20:14

Taniqli rejissyor Georgiy Daneliya vafot etdi

«Mimino», «Kin-dza-dza!» kabi filmlar rejissyori Georgiy Daneliya uzoq xastalikdan so‘ng 88 yoshda vafot etdi.

3 aprel 2019, 10:48

Jazoir prezidenti iste’foga chiqdi

Jazoirning 82 yoshli prezidenti Abdul-Aziz Buteflika iste’foga chiqdi.

1 aprel 2019, 20:42

Gruziyada yelim xaltalar taqiqlandi

Apreldan Gruziyada bir martalik yelim xaltalarni ishlab chiqarish, import qilish va sotish taqiqlandi.

1 aprel 2019, 11:55

Slovakiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Zuzana Chaputova g‘olib bo‘ldi

Slovakiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgan Zuzana Chaputova mamlakatning ilk ayol rahbari bo‘ldi.

29 mart 2019, 13:54

AQSH QK Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni o‘zgardi

Kennet Makkenzi Jozef Votel o‘rniga AQSH QK Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlash marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

28 mart 2019, 13:29

Qozog‘istonda harbiy vertolyot qulab tushdi, 13 kishi vafot etdi

Bortida 13 kishi bo‘lgan Qozog‘iston Mudofaa vazirligi vertolyoti o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida halokatga uchradi.

28 mart 2019, 11:39

Yevroparlament bir martalik plastik idishlarni taqiqladi

Yevroparlament 2021 yildan bir martalik plastik idishlarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqladi.

27 mart 2019, 15:19

AQSHda Boeing 737 MAX samolyoti favqulodda qo‘ndirildi

Boeing 737 MAX 8 samolyoti AQSHdagi Orlando aeroportidan havoga ko‘tarilganidan so‘ng darhol favqulodda qo‘ndirildi.

25 mart 2019, 13:00

Donald Trampning Rossiya bilan til biriktirgani isbotlanmadi

Maxsus prokuror Robert Myullerning ikki yillik tergovi davomida Donald Tramp va Rossiya o‘rtasida kelishuv bo‘lgani isbotlanmadi.

20 mart 2019, 18:20

Ostona nomi Nursulton etib qayta nomlandi

Qozog‘iston parlamenti Ostona nomini referendumsiz Nursulton etib qayta nomlanishini tasdiqladi.

20 mart 2019, 18:15

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisligiga saylandi

Darig‘a Nazarboyeva yopiq ovoz berish yo‘li bilan Qozog‘iston Senati raisligiga saylandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting