11 iyul, shanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Jahon

18 sentabr 2018, 18:52

Suriyada Rossiya harbiy samolyoti urib tushirildi

Suriyada Rossiyaning Il-20 harbiy samolyoti urib tushirildi, 15 nafar harbiy halok bo‘ldi.

18 sentabr 2018, 17:27

Germaniyada vodorodda harakatlanuvchi ilk poyezd ishga tushdi

Germaniyada vodorod yonilg‘isida harakatlanuvchi dunyodagi ilk yo‘lovchi poyezdi ishga tushirildi.

12 sentabr 2018, 12:07

Dunyoda ochlikdan qiynalayotganlar soni 821 mlnga yetdi

Qurolli mojarolar va iqlim o‘zgarishlari sababli 821 mln kishi ochlikdan azob chekmoqda, 150 mln bola o‘sishdan ortda qolmoqda, deyiladi BMT hisobotida.

30 avgust 2018, 18:26

Iosif Kobzon vafot etdi

Iosif Kobzon 81 yoshda olamdan o‘tdi.

18 avgust 2018, 15:26

BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi

9 yil davomida BMT bosh kotibi lavozimida ishlagan Kofi Annan 81 yoshda vafot etdi.

16 avgust 2018, 23:11

Vena dunyodagi eng qulay shahar deb topildi

The Economist jurnali dunyoning eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi. Vena Melburn va Osakani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi

15 avgust 2018, 12:27

Yozuvchi Eduard Uspenskiy vafot etdi

«Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Prostokvashinodagi ta’til» va boshqa mashhur asarlar muallifi Eduard Uspenskiy 80 yoshda vafot etdi.

10 iyul 2018, 13:54

Efiopiya va Eritreya tinchlik kelishuvini imzoladi

Efiopiya va Eritreya urush holatining tugatilishini ifodalovchi tinchlik va do‘stlik kelishuvini imzoladi.

10 iyul 2018, 12:43

Boris Jonson Buyuk Britaniya TIV rahbari lavozimidan ketdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Brexit borasidagi kelishmovchiliklar sababli iste’foga chiqdi. TIVning yangi rahbari Jeremi Hant bo‘ldi.

20 iyun 2018, 14:32

AQSH BMT Inson huquqlari kengashidan chiqmoqda

AQSHning BMT huzuridagi vakili mamlakatning Inson huquqlari bo‘yicha kengashni «inson huquqlarini mazaxga aylantiruvchi tashkilot» deb atadi.

19 iyun 2018, 20:29

Qozog‘istonda Turkiston viloyati tashkil etildi

Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston viloyati etib qayta nomlandi, Chimkent respublika ahamiyatiga ega shahar maqomiga ega bo‘ldi.

14 iyun 2018, 12:46

Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili «hamkasblari bilan kelishmovchilik tufayli» iste’foga chiqdi. Tbilisida 31 maydan beri hukumat iste’fosi talab qilingan norozilik aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.

12 iyun 2018, 12:28

Singapurda AQSH va KXDR rahbarlarining tarixdagi birinchi uchrashuvi o‘tkazildi

AQSH prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ikki davlat tarixida birinchi marta uchrashdi.

7 iyun 2018, 18:55

Stokgolmdagi teraktda ayblangan o‘zbekistonlik umrbod qamaldi

O‘tgan yil aprelda Stokgolmdagi teraktni amalga oshirishda aybdor deb topilgan Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

3 may 2018, 23:29

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

1 may 2018, 16:16

Kobuldagi ikki portlashda 29 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxtidagi ikki portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 9 nafar jurnalist ham bor.

27 aprel 2018, 11:31

Janubiy va Shimoliy Koreya rahbarlari tarixiy sammit o‘tkazmoqda

Kim Chen In 65 yildan buyon Koreya yarim orolini bo‘lib turgan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan birinchi KXDR rahbari bo‘ldi.

24 aprel 2018, 12:56

Serj Sargsyan Armaniston bosh vaziri lavozimini tark etdi

Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan va uning hukumati o‘n kunlik namoyishlar manzarasida iste’foga chiqdi.

21 aprel 2018, 18:26

Muxammedkaliy Abilgaziyev Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘ldi

Qirg‘iziston prezidenti devonining sobiq rahbari Muxammedkaliy Abilgaziyev mamlakat bosh vaziri bo‘ldi.

14 aprel 2018, 12:19

AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya Suriyaga aviazarbalar berdi

AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya HHK Suriyaning kimyoviy qurol yaratish bilan bog‘liq uchta ob’ektiga aviazarbalar berdi.