Jahon

14 fevral 2022, 22:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan eng so‘nggi hodisalar, Rossiya davlat Dumasining Donbass va Lugansk respublikalarini tan olish masalasini ko‘rib chiqishi, G7 davlatlarining Rossiya iqtisodiyotiga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qilgani, Shtaynmayerning ikkinchi muddatga Germaniya prezidenti etib saylangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

14 fevral 2022, 19:14

Berdimuhamedovning o‘g‘li Turkmaniston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov (39 yosh) mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnashadi. Uning nomzodi Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi «Turkmaniston demokratik partiyasi» nomidan ko‘rsatilgan.

14 fevral 2022, 16:36

Diplomlari imtihonsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda diplomlari maxsus sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu OTMlar QS World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari reytinglarida birinchi 1000 talikka kirgan. Diplomi imtihonsiz tan olinadigan eng ko‘p OTMlar AQSh va Buyuk Britaniyada joylashgan. Markaziy Osiyodan bu ro‘yxatga faqat Qozog‘istonning ayrim OTMlari kiritilgan.

13 fevral 2022, 16:15

Olmaotada yana miting o‘tkazildi

13 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Mustaqillik monumenti oldida 700 ga yaqin odam xotira mitingiga to‘plandi. Ular qo‘llarida «Begunohlarga ozodlik», «Xalq terrorchi emas», «Qonli yanvarni unutmaymiz va kechirmaymiz», «Ogohlantirmasdan o‘t ochish — bu xalqqa qarshi jinoyatdir» kabi bannerlar va plakatlar bilan noroziliklarini bildirmoqda. Prezident xalqqa yana murojaat yo‘lladi.

12 fevral 2022, 14:50

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Xalq Maslahati yig‘ilishida nutq so‘zlab, davlat boshqaruvi yosh rahbarlarga berilishi kerakligini ta’kidladi. Uning o‘zi esa Xalq Maslahati raisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi.

11 fevral 2022, 12:00

Diplomatik boykot ostida bo‘lib o‘tayotgan Pekin-2022 olimpiadasi

Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari diplomatik boykotga uchradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya, Belgiya va boshqa davlatlar ushbu tadbirlarga hukumat amaldorlari va rasmiylarini yuborishdan bosh tortdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa o‘yinlarni siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi. Diplomatik boykotning sabablari, Olimpiya o‘yinlari tarixidagi boykotlar haqida — «Gazeta.uz» maqolasida.

10 fevral 2022, 22:55

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShdagi maktablardan birida otishma yuz bergani, Donald Trampning TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘ining mart oyida ishga tushishi mumkinligi, Putin va Tokayevning Moskvada muzokaralarni boshlagani, Liviya bosh vaziri mashinasining o‘qqa tutilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

9 fevral 2022, 22:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyoda koronavirusga chalinganlar sonining 400 mlndan oshgani, Fransiya, Germaniya va Polshaning Rossiyani Ukraina chegarasidagi keskinlikni pasaytirishga chaqirgani, Suriyaning AQSh nazorati ostidagi hududlarida 18 kishining teraktlar oqibatida halok bo‘lgani, Yevropada ko‘plab davlatlarning koronavirus cheklovlarini bekor qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

9 fevral 2022, 20:59

Jahon banki Doing Business reytingining «vorisi» ustida ishlamoqda

Jahon banki Doing Business xalqaro reytingi o‘rniga ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha Business Enabling Environment reytingi ustida ishlamoqda. Uning dastlabki konsepsiyasini taqdim etib, respondentlarni bu bo‘yicha muhokamada fikr bildirishga taklif qildi.

8 fevral 2022, 23:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Putin va Makron uchrashuvi yakunlari bo‘yicha eng muhim yangiliklar, Fransiya Ukrainaga 1,2 mlrd yevro ajratayotgani, Xitoylik olimlar COVID-19`ni to‘rt daqiqadan kamroq vaqt ichida aniqlash yo‘lini topgani, AQSh Kobul aeroporti terakt tashkilotchilari haqidagi ma’lumotlar uchun 10 mln dollar mukofot elon qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

7 fevral 2022, 22:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Putin va Makron Kremlda muzokaralarni boshlagani, Ukrainaning G‘arbdan 1,5 mlrd dollar yordam olayotgani, Ottavada namoyishlar tufayli favqulodda holat e’lon qilingani, Xitoyning Bayse shahrida COVID-19 tufayli lokdaun joriy qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

7 fevral 2022, 18:24

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga «raqamli diplomatlar»ni yuboradi

2022 yildan boshlab Rossiyaning IT-mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi «raqamli diplomatlar» mamlakatning O‘zbekiston, Qozog‘iston va yana 14 davlatdagi savdo vakolatxonalarida o‘z faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, ushbu diplomatlar Rossiyaning IT-kompaniyalariga konsalting va huquqiy yordam xizmatlarini ko‘rsatadilar.

4 fevral 2022, 22:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Putin va Si Szinpiny tashqi aloqalarga oid bayonotni imzolagani, NATO bosh kotibining lavozimini tark etishi, Sukerbergning dunyodagi eng badavlat kishilar TOP-10'ligidan chiqib ketgani, AQShda qor bo‘roni tufayli 230 ming kishining elektrsiz qolgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 fevral 2022, 22:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa hududida ishsizlik darajasi rekord darajada pasaygani, AQSh tashqi qarzining 30 trln dollardan oshgani, Boris Jonson rus askarining Ukraina hududiga qadam bosishi bilanoq sanksiyalar joriy qilishini ma’lum qilgani, Tojikistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natishi, «Tolibon» hukumatida ilk bor ayollar boshqaruv lavozimiga tayinlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 fevral 2022, 16:41

Karantin cheklovlarini yumshatishga hali erta — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus ustidan g‘alaba qozonilgani yoki uning tajovuzkorligi yumshaganiga umid qilib, «karantin cheklovlarini yumshatishga hali erta» ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «virus xavfi pasaygani yo‘q va o‘lim ko‘rsatkichlari tobora oshib bormoqda».

1 fevral 2022, 23:19

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukraina armiyasining 100 ming kishiga ko‘paytirilishi, Turkiya Markaziy banki stavkalarni pasaytirishda davom etishi, The New York Times Wordle o‘yinini sotib olgani, Qozog‘istonda vazir va deputatlar maoshlari oshirilmasligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

31 yanvar 2022, 22:13

Jahon yangiliklari dayjesti

Britaniya hukumatining Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslari aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi, OIVga chalingan Janubiy Afrika fuqarosida koronavirusning 21 mutatsiyasi aniqlangani, Polsha Milliy xavfsizlik byurosining Ukrainaga harbiy yordam jo‘natilishini tasdiqlagani, Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda qaysi davlatlardan gaz olib kelishni muhokama qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 yanvar 2022, 23:31

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning rossiyalik diplomatlarni Kiyevdan evakuatsiya qilishi mumkinligini aytgani, AQShning Ukrainaga harbiy yordamni kengaytirishi, Qasim-Jomart Toqayevning Qozog‘istondagi Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi hukmron «Nur Otan» partiyasi raisligiga saylangani, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvda 2 kishi halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 yanvar 2022, 15:35

Tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi

27 yanvar kuni kechqurun Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida og‘ir o‘qotar qurollar qo‘llangan holda qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. To‘qnashuvlar bir necha soat davom etdi, so‘ngra shu tunda ham tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldilar. Qirg‘iziston tomonidan 11 harbiy yaralangan. Tojikiston tomonida qurbonlar bor — mahalliy aholi va tez yordam haydovchisi. Yana to‘rt nafar tinch aholi va olti nafar harbiy jarohatlangan.

27 yanvar 2022, 17:12

AQSh va NATO Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga javob berdi

AQSh va NATO Rossiyanning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga o‘z javoblarini yo‘lladi. Unda aytilishicha, alyansning «ochiq eshiklar» pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Ammo AQSh ham, NATO ham Rossiya bilan muloqotni davom ettirish va barcha uchun xavfsizlikni kuchaytirish niyatida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting