Jahon

23 noyabr 2021, 17:56

Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan.

22 noyabr 2021, 23:13

Jahon yangiliklari dayjesti

2022 yil mart oyining o‘zida Yevropada koronavirusdan 500 ming kishining vafot etishi mumkinligi, Viskonsindagi parad paytida avtomobil odamlarni bosib ketgani, Niderlandiyadagi tartibsizliklar chog‘ida 100 dan ortiq kishining qo‘lga olingani, Pfizer va BioNTech kompaniyalari bolalar uchun vaksinalar samarasi 100 foiz ekanini qayd etgani, Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘onining yorilib ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 noyabr 2021, 19:23

Kreml Turkiya prezidentining turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmiga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘anning unga sovg‘a qilingan Turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmi bo‘yicha munosabat bildirib, Kreml bu xaritada «uning markazi Rossiyada, Oltoyda joylashganini anglatuvchi qizil yulduz yo‘qligidan afsusda» ekanini ta’kidladi.

19 noyabr 2021, 22:46

Jahon yangiliklari dayjesti

Baydenning vakolatlarini vaqtincha vitse-prezident Kamala Xarrisga topshirishi, Gretsiyada COVID-19ga qarshi vaksina olmaganlarning yopiq joylarga borishi taqiqlanayotgani, Turkiyada davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lgan Fetxullah Gyulenning o‘limi to‘g‘risida xabarlar tarqalgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

19 noyabr 2021, 10:28

Germaniya «Shimoliy oqim 2»ni sertifikatlash jarayonini kechiktirdi, natijada Yevropada gaz narxlari so‘nggi bir oylik rekord darajaga ko‘tarildi

Germaniya «Shimoliy oqim 2» quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatib qo‘ygach, Yevropada gaz narxlari 17 foizgacha ko‘tarildi. Quvurni tasdiqlash tartibi liniyaning Germaniyadagi qismiga egalik qiluvchi sho‘ba korxona tashkil etilgunga qadar to‘xtatib turiladi. Loyihani ishga tushirish 2022 yilning mart-aprel oylari yoki yilning ikkinchi yarmigacha cho‘zilishi mumkin.

17 noyabr 2021, 21:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada COVID-19 delta shtammining 11 varianti aniqlangani, Polsha 15 dekabrdan Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni boshlashi, Qozog‘istonda uy portlashi oqibatida 10 kishining yaralangani va 3 kishining halok bo‘lgani, Avtriya va Vengriyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 noyabr 2021, 16:45

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish 8 foizga oshgan — BMT

Afg‘onistonda 2021 yilda afyun yetishtirish hajmi 8 foizga o‘sib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Bu esa 320 tonna sof geroin dunyo bo‘ylab bozorlarga kirishini anglatadi, deyiladi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.

16 noyabr 2021, 22:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 noyabr 2021, 22:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Liviya hukumati Kaddafiyning o‘g‘li topshirgan prezidentlik saylovlarida qatnashish to‘g‘risidagi arizani rad etgani, Liverpul shahrida terakt sodir etilgani, AQSh Ukrainaga 80 tonna o‘q-dorilar yuborgani, Norvegiyada delta shtammining yangi varianti aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 noyabr 2021, 14:47

Afg‘onistonda qizlarning erta turmushga chiqish xavfi ortmoqda — YUNISEF

YUNISEF Afg‘onistonda yosh nikohlar soni ortib borayotganidan xavotirda. «Afg‘onistondagi o‘ta og‘ir iqtisodiy vaziyat ko‘proq oilalarni yanada qashshoqlikka duchor qilmoqda va bolalarni ishga yuborish yoki erta yoshda qizlarni turmushga berish kabi umidsiz tanlovni amalga oshirishga majbur qilmoqda», — deyiladi tashkilot bayonotida.

14 noyabr 2021, 08:00

obyektivdagi ekologik muammolar: 2021 yilning eng yaxshi fotosuratlari

Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha COP26 sammitida «Eng yaxshi atrof-muhit fotosuratchisi 2021» tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Unda nafaqat iqlim o‘zgarishi muammolari, balki insoniyatning og‘ir sharoitlarda omon qolish masalasi ham ko‘tariladi. Tanlovning eng qiziqarli fotosuratlarini taqdim etamiz.

13 noyabr 2021, 09:43

Britaniyadagi afg‘on diasporasi vakilasi Instagram`da afg‘on ayollari uchun onlayn maktabga asos soldi — BBC News

Britaniyadagi afg‘on diasporasi vakilasi Anjela G‘ayur Instagram`da afg‘on ayollari uchun Hirot onlayn maktabiga asos soldi. Maktab hozirda 400 dan ortiq ko‘ngilli muallimlarni jalb qilish va 1000 ga yaqin o‘quvchini qamrab olishga erishgan.

12 noyabr 2021, 18:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Hindistonda o‘z uylari ustida Pokiston bayrog‘ini ko‘targan 4 fuqaroning davlatga hiyonatda ayblanib hibsga olingani, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi davlatlarining migratsiya inqirozida Belarusni ayblagani, Aleksandr Lukashenkoning migrantlar Donbassdan qurol o‘tkazishga uringanini aytgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 noyabr 2021, 17:26

Bir guruh migrantlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi

Chegara hududida qochqinlardan tashkil topgan bir necha o‘nlab odamlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi. Polsha xavfsizlik kuchlari ularni to‘xtatib qolgan.

12 noyabr 2021, 11:39

Dunyoda qochqinlar va boshpana izlovchilar soni ortdi

Yarim yil ichida dunyo bo‘ylab qochqin, ko‘chirilganlar, boshpana izlovchilar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni 84 millionga yetdi. Qochqinlarning aksariyatini Suriya, Venesuela va Afg‘oniston fuqarolari tashkil etmoqda. «Qurolli to‘qnashuvlar, COVID-19 pandemiyasi, qashshoqlik, oziq-ovqat muammolari va iqlimdagi favqulodda vaziyatlar ko‘chirilgan odamlarning og‘ir ahvolini yanada kuchaytirmoqda», — deyiladi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi hisobotida.

12 noyabr 2021, 10:47

Yerda kuzatilgan 5 ta eng g‘ayrioddiy tabiat hodisalari

Dunyo bo‘ylab avval kuzatilmagan ayrim tabiat hodisalarining kelib chiqish sabablarini ilm-fan ham tushuntirib berolmaydi. Ularning aksariyati yoki taxminiy hulosalarga, yoki farazlarga asoslanadi. Ayrimlariniki esa haligacha noma’lum. Muzlab qolgan metan pufakchalari, «qonli» yomg‘ir, «o‘lim barmog‘i» va minglab odamlarni o‘ldirgan qora tuman kabi hodisalar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

11 noyabr 2021, 22:11

Jahon yangiliklari dayjesti

Varshavada minglab millatchilarning namoyishi bo‘lib o‘tgani, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, JARning sobiq prezidenti Frederik de Klarkning vafot etgani, Latviya parlamenti Georgiy lentalaridan foydalanishni taqiqlovchi qonunni tasdiqlagani, Seulda amerikalik diplomat avtohalokat sodir etib, AQSh harbiy bazasiga yashiringani, Nobel mukofoti sovrindori Malala Yuzufzoy turmushga chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

11 noyabr 2021, 15:47

Odri Azule YUNESKO rahbari etib qayta saylandi

Odri Azule 169 ovozdan 155 ta ovoz olib, YUNESKO bosh direktori etib qayta saylandi.

10 noyabr 2021, 09:53

Singapurda emlanishdan bosh tortgan koronavirus bemorlariga tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladi

Singapur o‘z xohishi bilan COVID-19`ga qarshi emlanishdan bosh tortganlarga virusni davolash bilan bog‘lik tibbiy to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatadi. Mamlakatda hozirda emlanmagan odamlar intensiv statsionar yordamga muhtoj bo‘lganlarning aksariyatini tashkil qilmoqda.

9 noyabr 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyo bo‘ylab COVID-19 ga chalinganlar sonining 250 mlndan oshgani, polshaliklarning Belarus chegarasidagi vaziyat tufayli amerikaliklarga murojaat qilgani, Portugaliyada yangi qonunga ko‘ra ish beruvchilar xodimlar bilan ishdan tashqari vaqtda gaplashishi taqiqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting