Jahon

28 fevral 2022, 13:13

Ukrainadagi mojaro ortidan Rossiyaga sport bo‘yicha qanday cheklovlar qo‘yilmoqda?

Rossiyaning Ukrainaga qarshi «maxsus harbiy operatsiyalari» oqibatida mamlakat sportda ham ko‘plab sanksiyalarga uchradi. UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda emas, Parijda o‘tkazishga qaror qildi. FIFA ham Rossiya hududida hech qanday xalqaro musobaqa o‘tkazilmasligini ma’lum qildi, endi mamlakat vakillari Rossiya bayrog‘i yoki madhiyasidan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, Vladimir Putin Xalqaro dzyudo federatsiyasining «faxriy prezidenti va elchisi» maqomidan mahrum etildi. Sochida o‘tishi kutilayotgan «Formula-1» gran-prisi esa bekor qilindi.

28 fevral 2022, 12:38

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 20 foizga oshirdi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 9,5 foizdan 20 foizga oshirishga qaror qildi. Markaziy bank bayonotida qayd etilishicha, bu moliyaviy va narxlar barqarorligini saqlash, fuqarolar jamg‘armalarini qadrsizlanishdan himoya qilishga yordam beradi. Mamlakat Moliya vazirligi eksportchilarga valyuta tushumining 80 foizini sotish majburiyatini yukladi.

28 fevral 2022, 11:22

Dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilindi

Kiyev yaqinidagi Gostomel aeroportida turgan dunyodagi eng katta An-225 «Orzu» samolyoti Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilindi. Uni restavratsiya qilish uchun 3 mlrd dollar va 5 yildan ziyodroq vaqt kerakligi ma’lum qilindi.

28 fevral 2022, 08:44

Dunyoda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan, biroq tan olinmagan yoki qisman tan olingan qanday hududlar bor?

Rossiya 22-fevral kuni DXR hamda LXR mustaqilligini rasman tan olganligini e’lon qildi. Jahon hamjamiyati mazkur hududlarni Ukraina hududining bir qismi deb hisoblaydi. “Gazeta.uz” dunyodagi boshqa shu kabi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, biroq jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan yoki qisman tan olingan hududlar to‘g‘risida hikoya qiladi.

27 fevral 2022, 17:31

Ukraina Rossiya ustidan BMT Xalqaro sudiga shikoyat kiritdi

Vladimir Zelenskiy BMT Xalqaro sudiga Rossiya ustidan shikoyat kiritganini e’lon qildi. Ukraina rahbari Xalqaro suddan Rossiyaga harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurishni so‘rab, sud jarayonlari kelasi hafta boshlanishiga umid bildirgan.

27 fevral 2022, 16:00

Rossiya Markaziy banki mamlakat bank tizimi muammosiz ishlashi uchun yetarli kapitalga egaligini ma’lum qildi

Rossiya Markaziy banki mamlakat ichida moliyaviy xabarlarni almashish regulyatorning “СПФС” tizimi orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bunga sabab Rossiyaning bir necha banklari xalqaro banklararo axborot almashuv tizimi -SWIFT'dan uzib qo‘yilayotgani bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, regulyator Rossiya bank tizimining barqaror ishlashi uchun yetarli kapital va likvidlikka egaligini xabar qildi.

27 fevral 2022, 13:59

Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi

Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi «qattiq moliyaviy sanksiyalar» qo‘llashga kelishib oldi. Unga ko‘ra, Rossiyaning sanksiya ostidagi banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yiladi. Shuningdek, Rossiya hukumatiga aloqador shaxslarning xorijdagi aktivlari muzlatiladi. Rossiya Markaziy bankining sanksiyalarga qarshi choralar ko‘rish imkoniyatlari ham cheklanmoqda.

26 fevral 2022, 11:25

Jo Bayden Ukrainaga 600 mln dollar yordam ajratishni topshirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Davlat departamentiga Ukraina uchun 600 mln dollarlik yordam ajratishni topshirdi. Ushbu mablag‘larning 350 mln dollar mudofaa sohasiga yo‘naltiriladi.

25 fevral 2022, 22:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Putinning Ukraina harbiylariga hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishni taklif qilgani, Rossiyaning Yevropa Kengashidagi a’zoligi to‘xtatilgani, Burkina-Fasoda oltin konidagi portlash oqibatida 60 kishining vafot etgani, Tayvan o‘z hududidagi havo hujumidan mudofaa zonasida Xitoy samolyotlari kirganini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

25 fevral 2022, 21:21

Vladimir Putin Ukraina harbiylariga hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina harbiylariga hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishni taklif qildi. «Sizlar bilan kelishuvga erishishimiz osonroq ko‘rinadi», — dedi u.

25 fevral 2022, 17:07

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda — Abdulla Aripov

25 fevral kuni Yevrosiyo hukumatlararo kengashi a’zolari yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga tayyorlanayotganini ta’kidladi.

25 fevral 2022, 16:41

Zelenskiy Putinga muzokara o‘tkazishni taklif etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy RF prezidenti Vladimir Putinga muzokaralar stoli atrofida uchrashishni taklif etdi. Ukraina rahbari «odamlarning halok bo‘lishini to‘xtatish uchun muzokaralar stoliga o‘tirish kerakligini» ta’kidlagan. Putin muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

25 fevral 2022, 13:05

Ukraina Rossiya bilan neytrallik maqomi haqida muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Vladimir Zelenskiyning ofisi Ukraina Rossiya bilan neytrallik maqomi haqida muzokaralarga tayyorligini e’lon qildi. Ukraina mamlakat xavfsizligi bo‘yicha kafolatlar berilishi kerakligini ham ta’kidlagan.

25 fevral 2022, 12:20

Rossiya milliarderlari Ukrainadagi voqealar fonida $39 mlrd yo‘qotdi

Bloomberg nashri Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida rossiyalik milliarderlar 39 mlrd yo‘qotganligini ma’lum qildi. «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov 6,2 mlrd dollar yo‘qotgan bo‘lsa, Alisher Usmonovning boyliklari 1,2 mlrd dollarga kamaygan.

25 fevral 2022, 10:05

Zelenskiy 137 nafar harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari natijasida 137 nafar harbiy halok bo‘lgani, 316 nafari jarohatlanganini ta’kidladi. U Kiyevda «xalqi bilan yakka o‘zi qolganini» ma’lum qilgan. «Biz vatanimiz himoyasi masalasida yolg‘iz qoldik, hech kim biz bilan birgalikda jang qilishni xohlamayapti», degan davlat rahbari.

25 fevral 2022, 09:39

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga dunyo davlatlari qanday munosabat bildirdi

«Qonxo‘r tajovuzkor, varvarlarcha qilingan avantyura», «shafqatsiz hujum», «xalqaro tartib uchun oqibatlarga olib keladigan vaziyat» — dunyo yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya yangi sanksiyalarni e’lon qildi.

24 fevral 2022, 18:40

UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda o‘tkazmaslikka qaror qildi

UEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli Chempionlar ligasi finalini Rossiyada o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu 25 fevral kuni o‘tadigan UEFA Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlanadi.

24 fevral 2022, 17:36

Peskov Putin qanday shartlar asosida Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF prezidenti Ukraina rahbari bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmayapti. Peskovga ko‘ra, Ukraina Rossiya tomonidan qo‘yilgan muhim masalalar, ya’ni, o‘zining neytrallik maqomi, qurollarni o‘z hududida joylashtirmaslik singari mavzularda gaplashishga tayyor bo‘lsa, u holda prezidentlar uchrashishi mumkin.

24 fevral 2022, 17:28

NATO Ukrainaga qo‘shin kiritmoqchi emasligini ma’lum qildi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO Ukrainada alyans kuchlarini joylashtirish niyatida emasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, NATO davlatlari alyansning mudofaa rejalarini amalga oshirishga qaror qilgani bildirdi.

24 fevral 2022, 16:24

Ukraina atrofidagi voqealar fonida xorijiy davlatlar rahbarlari munosabati

Turli davlatlar rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin vaziyatga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Davlat rahbarlarining aksariyati o‘z chiqishlarida RFning harakatlarini qoralab, Ukrainaga yordam berish zarurligini ta’kidlashgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting