Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqdi. Uning ta’kidlashicha, bu qaror hissiy emas, balki mantiqdan kelib chiqadi. «Bizda paradoksal vaziyat mavjudki, prezident hech qanday haqiqiy vositalarga ega bo‘lmagan holda davlatchilikning kafolati bo‘lishga majbur», — dedi u.
Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Tokayev tadbirkorlar bilan uchrashuvda xalqaro auditorlar ma’lumotlariga tayanib, mamlakat boyligining yarmi bor-yo‘g‘i 162 kishiga tegishli ekanligini ma’lum qildi. «Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetdi… Daromaddagi bu tabaqalanish yoqilgan gugurt va porox bochkasi rolini o‘ynadi», — dedi u. Prezident mamlakatning yangi iqtisodiy yo‘nalishini taqdim etdi.
2021-yil davomida Qozog‘istonda 29 mingdan ortiq Chevrolet mashinalari xarid qilinib, kompaniya mamlakat bozorida eng ko‘p mashina sotgan brendga aylandi. Qozog‘istonliklar ko‘proq Cobalt (14605) va Nexia (10809) avtomobillarini xarid qilishgan.
Qirg‘iziston Energetika vazirligi va Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi Qirg‘iziston kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurishdan manfaatdor ekani bildirilgan memorandumni imzoladi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi fojiali voqealardan so‘ng birinchi marta bayonot bilan chiqdi. U 2019 yildan beri nafaqada ekani va hech qayerga ketmaganini ta’kidladi. Qasim-Jomart Tokayev «barcha hokimiyatga ega», «elitada hech qanday ziddiyat yoki qarama-qarshilik yo‘q», — dedi u.
Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantara deb nomlangani, Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlangani, Abu-Dabida dron hujumi oqibatida uch kishining halok bo‘lgani, Nursulton Nazarboyevning jiyani va kuyovlari o‘z lavozimlarini tark etishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining 2021 yilda 146,8 mlrd dollargacha o‘sgani, Yevroparlamentning Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi, Yaponiya sobiq bosh vaziri Tosiki Kayfuning vafot etgani, BMTning 11 milliondan ortiq afg‘on xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
KXSHT tinchlikparvar kontingentini Olmaotadan olib chiqish boshlandi. Qozog‘iston mudofaa vaziri nomidan harbiylarga minnatdorchilik bildirildi, ayrimlari «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» medallari bilan taqdirlandi.
Bir hafta ichida dunyoda rekord darajada COVID-19'ga chalinish holatlari aniqlangani, Germaniyada Telegram`ning bloklanishi mumkinligi, Qozog‘iston biznesi tartibsizliklar tufayli 240 mln dollardan ko‘proq zarar ko‘rgani, «Tolibon» Afg‘onistonning kelasi uch oy uchun 509,4 mln dollarlik budjetni tasdiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shimoliy Koreyaning Yapon dengizi tomonga noma’lum raketa uchirgani, Germaniyada 2021 yilda o‘lim darajasi bo‘yicha mamlakat rekordi o‘rnatilgani, AQShning Ukrainaga yana 200 mln dollar harbiy yordam ajratishi, Yevroparlament rahbari David Sassolining vafoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
KXSHTning Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlandi, kontingentni olib chiqish 2 kundan keyin boshlanadi va bu jarayon 10 kundan oshmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev. Uning ta’kidlashicha, ittifoqchilarga murojaat qilish vaqtida hukumat Olmaota, keyinchalik esa mamlakat ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi mumkin edi. Prezident Milliy xavfsizlik qo‘mitasi terrorchilik tahdidining oldini o‘z vaqtida bartaraf eta olmaganini ta’kidladi.
Asqar Mamin iste’foga chiqqanidan keyin Qozog‘iston hukumati rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Alixon Smailov mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi.
AQShda yong‘in oqibatida 19 kishining halok bo‘lgani, Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiyaga qo‘llamoqchi bo‘lgan sanksiyalaridan xavotirda ekani, Qozog‘istonda Jambil viloyati politsiya boshlig‘i hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigining vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qozog‘iston butun mustaqillik tarixidagi eng og‘ir inqirozni boshidan kechirdi, bu davlat to‘ntarishiga urinish edi, dedi KXSHT sammitida prezident Qosim-Jomart Toqayev. Uning fikricha, asosiy zarba Olmaotaga qaratilgan edi, shaharning qulashi janubni, keyin esa butun Qozog‘istonni egallashga yo‘l ochardi.
Qozog‘istonda terrorizmda gumon qilinib ushlangan qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi. U hozirda Bishkekga olib ketilmoqda.
Qirg‘iziston TIV qozoq telekanallarida qirg‘iz musiqachisi Vikram Ruzaxunov pogromlar qatnashchisi sifatida ko‘rsatilgani uchun Qozog‘istonga norozilik notasini yubordi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari uning terrorchi emasligini ma’lum qildi. Prezident Sadir Japarov ham vaziyatga izoh berdi.
Turkmaniston prezidenti 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri yonib turgan «Do‘zax darvozasi» gaz kraterini so‘ndirishni buyurdi.
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtda ekanligi va prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan aloqada bo‘lib turgani aytilmoqda. Uning matbuot kotibi Aydos Ukibayning yozishicha, elboshi barchani Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqirgan.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilishda ayblanib, hibsga olindi. U 6 yanvar kuni iste’foga chiqarilgandi.
Qozog‘iston — O‘zbekistonning uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan katta hajmda neft mahsulotlari, don, cho‘yan, po‘lat va boshqa tovarlar import qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun Qozog‘iston avtomobil, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar eksporti uchun muhim bozor hisoblanadi. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting