Jahon

1 mart 2022, 17:11

Zelenskiy Rossiyani terrorchi-davlat deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi video murojaati davomida Xarkovga amalga oshirilgan raketa zarbasi haqida gapirdi. U ushbu holatni «niqoblanmagan terror» deb baholab, Rossiyaning o‘zini — terrorchi-davlat deb atadi.

1 mart 2022, 14:07

Rossiya sanksiyalarga qarshi kurashish uchun maxsus choralarni joriy qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, rezidentlar endilikda xorijda ochilgan hisob raqamlariga xorijiy valyutani kiritish, shuningdek, xorijiy elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda hisobvaraq ochmasdan mablag‘ o‘tkazish imkoniga ega emaslar.

1 mart 2022, 14:04

Xarkovda Ozodlik maydoni va administratsiya binosi o‘qqa tutildi

Xarkov shahri markazi — Ozodlik maydoni, viloyat administratsiyasi binosi, opera teatri, filarmoniya va turar-joy massivining bir qismi raketa zarbasiga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi jabrlangan.

1 mart 2022, 12:50

Rossiya 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi

Rossiya havo hududlarida RF havo kemalari parvozlarini cheklagan 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi.

1 mart 2022, 11:58

«Tinchlikdan boshqa yo‘l yo‘q». Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi holat haqida

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ukrainadagi voqealarga munosabat bildirib, Rossiya va Ukraina muzokaralar stolida o‘zaro til topishib olishi kerakligini aytdi. «Biz har ikkila davlatni ham muzokaralar stolida til topishishga chaqiramiz. Xayrli janjaldan ko‘ra zaif tinchlik yaxshiroq», — dedi u.

1 mart 2022, 10:17

Ukraina va Rossiya muzokaralari birinchi raundi. Natijalar

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar davomida tomonlar «qator ustuvor mavzularni aniqlab oldilar, ular bo‘yicha muayyan qarorlar aniqlab olindi», dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak. U muzokaralarni «og‘ir» deb atadi, ammo «ular qandaydir majburiy ultimatumlarsiz o‘tganini» ta’kidladi. Rossiya delegatsiyasi a’zosi Leonid Slutskiy esa «muzokaralarning asosiy natijasi, ushbu muzokaralar bo‘lib o‘tganida va tomonlar bir-birini eshita olganida», dedi.

1 mart 2022, 07:39

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyalariga aloqador deya hisoblagan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov, boshqa eng boy rossiyaliklar va Rossiya kompaniyalari rahbarlariga sanksiyalar kiritdi.

28 fevral 2022, 22:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzolagani, Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlangani, dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilingani, Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 fevral 2022, 21:55

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzoladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladi. «Buning haqiqat ekaniga ishonchim komil», — dedi u.

28 fevral 2022, 19:51

Qaysi davlatlar Rossiya uchun o‘z havo hududlarini yopdi?

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida turli davlatlar o‘z havo hududini Rossiya fuqaro aviatsiyasi uchun yopishni boshladi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta a’zo-davlati rus samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan. Shuningdek, Kanada Yevropa hududidan tashqarida joylashgan davlatlar orasida parvozlarni cheklagan ilk mamlakat bo‘ldi.

28 fevral 2022, 17:40

Xarkov shahri «Grad»dan o‘qqa tutildi

Ukrainaning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahri Xarkov «Grad» zalp bilan o‘t ochish tizimlaridan o‘qqa tutildi. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Geraenko o‘nlab qurbonlar va yuzlab jabrlanganlar borligi haqida bayonot bergan.

28 fevral 2022, 17:28

«Urush Rossiya xalqi uchun qimmatga tushmoqda» — rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev

Iqtisodchi Sergey Guriyev Rossiya Markaziy bankining YeI, AQSh va Kanadadagi aktivlari muzlatilishini «mutlaqo kutilmagan, muhim yangilik» deb atadi — «bu rubl uchun ulkan zarba» bo‘ladi. Uning fikricha, Rossiyaning neft eksportiga embargo joriy etilishi ham ehtimoldan holi emas. Yuqori texnologiyalar eksporti bilan bog‘liq sanksiyalar esa Rossiyada texnologiyalar rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

28 fevral 2022, 16:02

Yevrokomissiya rahbari: «Ukraina YeIga a’zo bo‘lishi kerak, biz uni Yevropa oilasida ko‘rishni istaymiz»

«Ukraina vaqt o‘tib, YeIga a’zo bo‘lishi kerak, bu mamlakat — bizlarning bittamiz, biz uni Yevropa oilasida ko‘rishni istaymiz», — dedi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen. U Ukraina Yevropa qadriyatlarini tushunishini va tinch demokratik sharoitda yashashni istashini ta’kidladi. Germaniya kansleri Bundestag qarshisida chiqish qilar ekan, Ukrainaga amalga oshirilgan bosqin uchun butun boshli rus xalqi emas, balki Vladimir Putinning shaxsan o‘zi javobgarligini aytdi.

28 fevral 2022, 15:53

Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlandi

Ukraina va Belarus chegarasida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Ukraina delegatsiyasi muzokara uchun belgilangan hududga Gomel orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l bilan emas, balki aylanma hudud — Polsha orqali kelgan. Muhokamalarning asosiy mavzusi — o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish va Ukraina hududidan qo‘shinlarni olib chiqib ketish ekanligi aytilmoqda.

28 fevral 2022, 13:13

Ukrainadagi mojaro ortidan Rossiyaga sport bo‘yicha qanday cheklovlar qo‘yilmoqda?

Rossiyaning Ukrainaga qarshi «maxsus harbiy operatsiyalari» oqibatida mamlakat sportda ham ko‘plab sanksiyalarga uchradi. UEFA Chempionlar Ligasi finalini Sankt-Peterburgda emas, Parijda o‘tkazishga qaror qildi. FIFA ham Rossiya hududida hech qanday xalqaro musobaqa o‘tkazilmasligini ma’lum qildi, endi mamlakat vakillari Rossiya bayrog‘i yoki madhiyasidan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, Vladimir Putin Xalqaro dzyudo federatsiyasining «faxriy prezidenti va elchisi» maqomidan mahrum etildi. Sochida o‘tishi kutilayotgan «Formula-1» gran-prisi esa bekor qilindi.

28 fevral 2022, 12:38

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 20 foizga oshirdi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 9,5 foizdan 20 foizga oshirishga qaror qildi. Markaziy bank bayonotida qayd etilishicha, bu moliyaviy va narxlar barqarorligini saqlash, fuqarolar jamg‘armalarini qadrsizlanishdan himoya qilishga yordam beradi. Mamlakat Moliya vazirligi eksportchilarga valyuta tushumining 80 foizini sotish majburiyatini yukladi.

28 fevral 2022, 11:22

Dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilindi

Kiyev yaqinidagi Gostomel aeroportida turgan dunyodagi eng katta An-225 «Orzu» samolyoti Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilindi. Uni restavratsiya qilish uchun 3 mlrd dollar va 5 yildan ziyodroq vaqt kerakligi ma’lum qilindi.

28 fevral 2022, 08:44

Dunyoda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan, biroq tan olinmagan yoki qisman tan olingan qanday hududlar bor?

Rossiya 22-fevral kuni DXR hamda LXR mustaqilligini rasman tan olganligini e’lon qildi. Jahon hamjamiyati mazkur hududlarni Ukraina hududining bir qismi deb hisoblaydi. “Gazeta.uz” dunyodagi boshqa shu kabi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, biroq jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan yoki qisman tan olingan hududlar to‘g‘risida hikoya qiladi.

27 fevral 2022, 17:31

Ukraina Rossiya ustidan BMT Xalqaro sudiga shikoyat kiritdi

Vladimir Zelenskiy BMT Xalqaro sudiga Rossiya ustidan shikoyat kiritganini e’lon qildi. Ukraina rahbari Xalqaro suddan Rossiyaga harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurishni so‘rab, sud jarayonlari kelasi hafta boshlanishiga umid bildirgan.

27 fevral 2022, 16:00

Rossiya Markaziy banki mamlakat bank tizimi muammosiz ishlashi uchun yetarli kapitalga egaligini ma’lum qildi

Rossiya Markaziy banki mamlakat ichida moliyaviy xabarlarni almashish regulyatorning “СПФС” tizimi orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bunga sabab Rossiyaning bir necha banklari xalqaro banklararo axborot almashuv tizimi -SWIFT'dan uzib qo‘yilayotgani bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, regulyator Rossiya bank tizimining barqaror ishlashi uchun yetarli kapital va likvidlikka egaligini xabar qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting