28 may, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Texnologiyalar

Bugun, 01:27

Tarixiy voqea qoldirildi: SpaceX astronavtlarni 30 may kuni uchirishga urinadi

Ob-havo tufayli Crew Dragon kosmik kemasining parvozi 30 mayga qoldirildi. Amerikalik astronavtlar 2011 yildan beri ilk marotaba Rossiyaning «Soyuz» raketasida emas, Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga otlanayotgan edi. Ushbu parvoz xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirilgan birinchi uchuvchili parvoz bo‘lishi mumkin.

26 may 2020, 11:50

Yangi Facebook platformasi Amazon raqobatchisiga aylanishi mumkin — mutaxassislar

Facebook internet-savdo platformasini ishga tushirdi. Ushbu platforma kelajakda Amazon va eBay kabi internet-savdo kompaniyalariga raqobatchi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Kompaniya ovqat yetkazib berish xizmatlarini ham yo‘lga qo‘ymoqchi.

13 may 2020, 13:15

Twitter xodimlari bir umr uydan turib ishlashlari mumkin

Twitter xodimlari koronavirus sababli o‘rnatilgan karantin cheklovlari olib tashlangandan keyin ham uyda qolib ishlashlari mumkin.

8 may 2020, 14:48

Pavel Durov AQSHga ko‘chib o‘tmaslikning 7 sababini sanadi

Pavel Durov IT-tadbirkorlar uchun AQSH eng yaxshi joy deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Telegram asoschisi buning 7 ta sababini sanadi. Durov bu masaladagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga Yuriy Dudning Kremniy (Silikon) vodiysidagi hayot va ish tarzi to‘g‘risidagi filmi turtki bo‘lganini aytib o‘tdi.

29 aprel 2020, 23:53

Koronavirus holatlari soni 2000 tadan oshdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2000 talik chegaradan oshdi.

24 aprel 2020, 15:56

Telegramda videomuloqotlar paydo bo‘lishi e’lon qilindi

Pavel Durov Telegramda videomuloqotlar paydo bo‘lishini e’lon qildi. Uning ishga tushirilishi 2020 yilning oxirigacha rejalashtirilgan. Shuningdek, 400 mln faol foydalanuvchiga ega messendjer ta’limga hissa qo‘shish maqsadida barcha fanlar va darajalar uchun test sinovlari ma’lumotlar bazasini yaratishini ma’lum qildi.

24 aprel 2020, 14:11

Uzcard yagona elektron chipta sotish tizimini yaratishi mumkin

O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi. Tizim orqali transportlar uchun va boshqa chiptalarni sotib olish mumkin bo‘ladi.

22 aprel 2020, 14:46

Pavel Durov: Biz sivilizatsiya o‘zgarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin

Telegram koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida 17 ta mamlakat hukumatlari bilan hamkorlikda rasmiy kanallarni tasdiqladi. Kompaniya asoschisi Pavel Durovning fikriga ko‘ra, texnologiya insoniyatga qanchalik foydali ekanligini isbotlash davri keldi. Messenjer axborot ta’minotidan tashqari, ta’lim muammolarini hal etishga ham hissa qo‘shishga harakat qilishini aytdi.

5 aprel 2020, 15:47

O‘zbekistonda sun’iy nafas olish uskunalari ishlab chiqariladi

Slovakiyaning Chirana kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Sentyabrga qadar Bektemir tumanida zavod ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 9 mln AQSH dollariga teng bo‘lib, 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

4 aprel 2020, 21:29

Zoom platformasidagi minglab videolar internet tarmoqlariga chiqib ketdi

Zoom platformasida saqlangan minglab videolar Youtube va Vimeo platformalariga chiqib ketdi. Ular orasida foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlari va ma’lumotlari, kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari e’lon qilingan videolar ham bor. Kompaniya oxirgi oyda kuniga 200 mln kishi platformadan foydalanayotganligini ma’lum qilgan edi.

4 aprel 2020, 21:09

Zoom platformasidagi minglab videolar internet tarmoqlariga yuklandi

Zoom platformasida saqlangan minglab videolar ochiq internet tarmoqlariga yuklandi. Ular orasida foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlari va ma’lumotlari, kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari e’lon qilingan videolar ham bor. Kompaniya oxirgi oyda kuniga 200 mln kishi platformadan foydalanayotganligini ma’lum qilgan edi.

24 yanvar 2020, 21:34

Navoiy bepul Wi-Fi bilan qoplanadi

Navoiy respublikadagi ilk bepul Wi-Fi tizimi bilan qoplanadigan shaharga aylanadi. Loyiha allaqachon ishga tushirilgan.

14 yanvar 2020, 16:40

YAIDXPning mobil ilovasi ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasidan yo‘llardagi jarimalar, ish haqi va jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblari, shuningdek, kommunal xizmatlar bo‘yicha ma’lumot olish mumkin.

13 yanvar 2020, 17:42

AKT vazirligida yaponiyalik ekspert ish boshladi

Yaponiyalik ekspert Esuaki Yoshida AKT vazirligida vazir maslahatchisi sifatida ish boshladi.

21 noyabr 2019, 16:31

Bosh vazir One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi

Bosh vazir Abdulla Aripov million milliy dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha One Million Uzbek Coders loyihasiga start berdi. Bepul onlayn kurslar to‘rtta IT-muxatassislikni qamrab oladi.

25 oktabr 2019, 18:00

Internetdagi milliy kontent rivojlantiriladi

2022 yilgacha internetda milliy kontentni rivojlantirish dasturi OTMlarning ta’limiy onlayn-manbalari, referatlar va ilmiy ishlar bankini yaratish orqali ko‘chirmakashlikka qarshi kurashish kabilarni o‘z ichiga oladi.

19 sentabr 2019, 13:34

«Yandeks» Toshkentdagi avtobuslar harakatini ko‘rsata boshladi

«Yandeks.Xaritalar» Toshkentda real vaqt rejimida avtobuslar harakatini ko‘rsatishni boshladi.

12 iyun 2019, 12:27

«RoboCUP» televizion musobaqasi g‘oliblari Xitoy oromgohiga yo‘llanma oldi

Yosh robototexniklar o‘rtasida o‘tkazilgan RoboCUP televizion musobaqasi g‘oliblari Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

23 may 2019, 13:31

Ilk O‘zbekiston-Belorus ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari e’lon qilindi

Ilk O‘zbekiston-Belorus ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari bo‘yicha moliyalashtirishga tavsiya etilgan 15 ta ilmiy loyihaga 7,4 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi.

16 aprel 2019, 14:14

Yadro fizikasi institutida radioizotop mahsulotlar ishlab chiqariladi

O‘zbekiston va Rossiya Yadro fizikasi institutida siklotron radiokimyoviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.