Tabiat resurslar vazirligi Zomin qo‘riqxonasidan ikki bo‘ri va bir Turkiston silovsini tasvirlangan fotoqopqon suratlarini namoyish etdi.
Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Prezidentning mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlari faoliyati tiklanadi. Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Jizzax viloyatida Xalq bankining Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z qo‘l ostidagi xodimiga sport qurolidan o‘q uzdi.
Bosh prokuratura tizimida Zomin va Baxmal tabiatini muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida FVVning o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlari tashkil etiladi. Qolaversa, 2022 yilda vazirlikning aviatsiya xizmati faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi. Ëng‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga esa xususiy sektor jalb etiladi.
Shavkat Mirziyoyev avgust oyi boshida Zominda sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘iniga “bir boyvachchaning o‘g‘li” sabab bo‘lganini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, hozirda bu vaziyat bilan prokuratura shug‘ullanyapti.
26−27 iyun kunlari Zomin milliy bog‘ida Zaamin Ultra sport, musiqa va san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Xorijda ishlab chiqilgan noyob medallar, birinchilikni qo‘lga kiritganlar, sevgilisining qo‘lini so‘ragan sportchi, chodirlarda o‘tgan maroqli lahzalar, marafonchilar uchun olib kelingan 80 tonnalik yuk va boshqalar — Zaamin Ultra marafonidan fotoreportaj.
Prezident farmoni bilan «Zomin» turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi. Hududda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari, sportning ekstremal turlari uchun sharoit yaratilishi reja qilingan.
Bo‘stonliq va Zominda quriladigan yangi dor yo‘llari qurilishini Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Xabar berilishicha, Zominda ikkita gondol-kreslo tipidagi dor yo‘li hamda tog‘-chang‘i trassalariga xizmat ko‘rsatish uchun uchta ko‘taruvchi moslama quriladi.
Jizzax viloyatida vafot etgan bemorning qarindoshlari chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan tez yordam feldsherini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting