«yth» tegli maqolalar


17 avgust 2020, 12:23

O‘zbekiston hududida shu yilning o‘zida uch mingdan ortiq YTH sodir etilgan

2020 yilning 7 oyi davomida respublika hududida 3012 ta YTH sodir etilgan. Ularning 808 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

14 avgust 2020, 17:55

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi velosipedda ketayotgan 11 va 12 yoshli ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi.

12 avgust 2020, 18:58

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida Labo yuk mashinasining reklama ustuniga borib urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi, haydovchi jarohat oldi.

11 avgust 2020, 19:43

Buxoroda «Moskvich» ariqqa qulab tushishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida «Moskvich» yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa quladi. Avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi.

10 avgust 2020, 21:35

Zominda Lada-Largus va Isuzu to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi ayol vafot etdi

Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.

4 avgust 2020, 18:39

Namanganda 1 kunda 2 ta YTH sodir bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi

Namanganda Tracker yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli bolani urib yubordi. Boshqa bir YTHda esa «Moskvich» qarama-qarshidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Bola va Nexia haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.

29 iyul 2020, 20:06

Toshkentning Olmazor tumanida avtobus ag‘darilib ketdi

Toshkentning Olmazor tumanida Isuzu avtobusi omadsiz manyovr va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.

29 iyul 2020, 15:28

Chinozdagi ayanchli YTHda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

28 iyul 2020, 16:28

Qo‘ng‘irotdagi YTH oqibatida ikkita yuk avtomashinasi yonib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi «Jasliq» posyolkasi hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida DAF va VOLVO rusumli ikkita yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir etildi. Oqibatda bir kishi vafot etdi va kelib chiqqan yong‘in tufayli har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketdi.

28 iyul 2020, 15:56

Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Namanganda Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi natijasida bir nafar fuqaro vafot etdi va yana ikki fuqaro turli darajalardagi tan jarohatlari olishdi.

24 iyul 2020, 22:18

Sardobada 18 yoshli fuqaro Captiva ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etdi

Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

24 iyul 2020, 21:19

Jizzaxda yana ikkita YTH: 5 yoshar qizcha va 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.

24 iyul 2020, 18:21

Jizzaxda yuk avtomashinasi ag‘darildi

Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

24 iyul 2020, 14:34

Gulistondagi YTHda bir kishi vafot etdi

Guliston shahrida Neksiya va HOWO yuk avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi natijasida Neksiya haydovchisi vafot etdi va uning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

23 iyul 2020, 16:44

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida birinchi Spark haydovchisi va uning onasi voqea joyida vafot etdi.

20 iyul 2020, 14:59

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

15 iyul 2020, 17:45

Farg‘onada Nexia yuk mashinasi ostida qolib ketdi, bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia qarshidan kelayotgan SHACMAN yuk mashinasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

13 iyul 2020, 10:33

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.

11 iyul 2020, 13:21

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan

O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

9 iyul 2020, 12:04

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting