Toshkentning Olmazor tumanida Isuzu avtobusi omadsiz manyovr va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qoraqalpog‘istondagi «Jasliq» posyolkasi hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida DAF va VOLVO rusumli ikkita yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir etildi. Oqibatda bir kishi vafot etdi va kelib chiqqan yong‘in tufayli har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketdi.
Namanganda Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi natijasida bir nafar fuqaro vafot etdi va yana ikki fuqaro turli darajalardagi tan jarohatlari olishdi.
Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.
Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Guliston shahrida Neksiya va HOWO yuk avtomashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi natijasida Neksiya haydovchisi vafot etdi va uning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Andijonda Nexia-3 va ikkita Spark to‘qnashuvi natijasida birinchi Spark haydovchisi va uning onasi voqea joyida vafot etdi.
Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia qarshidan kelayotgan SHACMAN yuk mashinasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilgan. YTH natijasida tez tibbiy yordam avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan.
Jizzax shahar markazida avtobus va Nexia avtomashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 3 nafar yo‘lovchisi bor avtobus to‘qnashuv natijasida ag‘darilgan. To‘qnashuvda tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Toshkentning Uchtepa tumanida Spark haydovchisi mahalla ichida yo‘lga yugurib chiqqan ikki yashar qizchani urib yubordi. Bola tana jarohatlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Matiz va VAZ-2101 rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi, shu qatorida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting