IIV YHXBB 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklifi bo‘yicha bayonot berdi. YHXBB yoshlar bu vaqtda o‘qishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalg‘imasligi kerakligini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oy davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yil bo‘lmagan haydovchilar tomonidan 612 ta YTH sodir etilgan, ularning oqibatida 191 kishi vafot etgan, yana 571 nafari tan jarohatlari olishgan.
Jomboy tumanida Lacetti yo‘ldan burilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga borib urildi. Yengil mashina haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga tushdi.
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ikkita Nexia to‘qnashuvi natijasida ikki kishi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi va yong‘in kelib chiqishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida vafot etishgan.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita Nexia avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi turli jarohatlandi.
O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylari davomida 4294 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. YTHlar oqibatida 1293 kishi halok bo‘lgan, 3886 nafari jarohatlangan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Yuk mashinasi «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga borib urildi. Haydovchi qoidani buzib, «shlagbaum»ni aylanib o‘tishga uringan. U voqea joyida vafot etdi. Poyezd 42 daqiqaga ushlanib qoldi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobilning daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatida Nexia avtomashinasining yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Samarqand viloyatida Tacuma avtomobili haydovchisi yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida 3 nafar shaxs vafot etdi yana 2 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, oxirida yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga borib urildi. Hodisadan hech kim jarohatlanmadi.
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida VOLVO yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi va uy atrofida o‘ynab yurgan ikki bolani bosib ketdi. Haydovchi va bolalar shifoxonada vafot etdi.
Namangan viloyatida Nexia haydovchisi olti yoshli qizni urib yubordi. U shifoxonada hayot bilan vidolashdi.
Navoiy viloyatida Lacetti haydovchisining qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Nexia avtomobili bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Toshkent viloyatida Hyundai Porter avtomobilida harakatlanayotgan oila traktor tirkamasi bilan to‘qnashgan. Avtohalokatda ona va besh oylik qizi vafot etgan, ota va yana uch farzand kasalxonaga yotqizilgan.
YHXBB 13 sentyabr kuni beshta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Baxtsiz hodisalar natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida «Gaz-53» rusumli yuk avtomobili 6 yashar qizni urib yubordi. Qiz tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.
2020 yilning 8 oyi davomida respublika hududida 3596 ta YTH sodir etilib, ularning 991 tasi o‘lim bilan yakunlandi. 2605 kishi jarohatlandi.
Aktyor Mixail Yefremov Moskvada o‘lim bilan yakunlangan YTHda aybdor deb topilib, 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, u uch yil davomida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting