Andijon shahrida 3 ta Lacetti va Labo ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Labo haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surxondaryoning Bandixon tumanida YPX inspektori «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, YTH sodir etdi. Hodisadan hech kim jabrlanmadi.
Qarshi shahrida «Lacetti» haydovchisi mashinani orqaga boshqarayotib, 8 va 9 yoshli bolalarni urib yubordi. Ikkala voyaga yetmagan bolalar yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida payshanba kuni ertalab beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yo‘l kechasi yuvilgan, quyuq tuman ham tushgan.
«Navbahor» futbol klubi muxlisini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng mashina urib yubordi. Fuqaro bir necha tan jarohatlari bilan vafot etdi.
Jizzaxda «Cobalt» avtomashinasi «GAZ-31» bilan to‘qnashuvchi oqibatida yonib ketdi. «Cobalt» haydovchisi va yulovchisi kuyish jarohatidan xaloq bo‘ldi. «GAZ-31» haydovchisi ham ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan, yulovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent shahrida «Cobalt» yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketgan yana bir «Cobalt» avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH natijasida 4 nafar fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Yakkasaroy tumanida 22 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» 2 nafar piyodani urib yubordi. Olgan jarohatlari tufayli ulardan biri, 58 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi.
Ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov deyarli uch hafta oldin mototsiklda YTHga uchragani haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi xabar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, u Janubiy Koreyada davolanmoqda.
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda futzal bo‘yicha OKMK jamoasining 26 yoshli o‘yinchisi Timur Berdiyev vafot etdi.
Farg‘ona viloyatida «Lasetti-2» avtomashinasi «Matiz» bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» dagi ikki yo‘lovchi vafot etdi. Mashina haydovchilari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qashqadaryo viloyatida «Jiguli» haydovchisi yo‘lning katnov qismini kesib o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yubordi. Piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent shahrida YUNISEF tomonidan vaksinalarni tashish uchun ajratilgan mashinalar YTHga uchradi. 2 ta mashinaga texnik shikast yetgan va ularda vaksina bo‘lmagani ma’lum qilindi.
Farg‘ona viloyatida «MAN Trailer» avtomashinasi haydovchisi uxlab qolib, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan «Nexia-2» bilan to‘qnashadi. YTH oqibatida 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Farg‘ona viloyatida Matiz avtomashinasining daraxtga borib urilishi oqibatida 1 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Samarqand viloyatida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 44 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Olgan jarohatlar oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonda 2020 yilda 6982 ta YTHlar sodir bo‘lgani qayd etildi. YTHlar oqibatida vafot etganlar soni esa 1962 nafar kishini tashkil etdi.
Chiroqchida piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan 6 yoshli o‘quvchini katta tezlikda kelib urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekanligi aytilmoqda. U bolani zudlik bilan shifoxonaga olib borish o‘rniga o‘qituvchini haqoratlagan. Bola tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli og‘ir.
Toshkentning Uchtepa tumanida BMW avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk mashinasiga borib urilishi natijasida 2 yo‘lovchisi halok bo‘ldi, mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Poytaxtda haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro mashinada boshqaruvni yo‘qotib, 2 ta «Cobalt» ga urilgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar piyoda jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting