Toshkentda YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, bir necha qoidabuzarliklar sodir etgan.
Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.
Uzun tumanida YPX inspektori fuqarodan 800 dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda. Xodim haydovchiga mashinasining oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirib olgan uchun hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Quvalik haydovchi Farg‘onada o‘ziga nisbatan noqonuniy bayonnoma tuzgan ikki nafar YPX xodimini ruhiy azob yetkazganlikda ayblab sudga berdi. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, inspektorlarning har biriga 3 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanida YPX inspektori haydovchini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur voqeadan so‘ng, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani va u ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Quva tumanida YPX inspektori fuqarolardan pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda. U o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida o‘zini nosamimiy tutib ketib qolgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga oshirildi.
Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.
Investorlar muvaffaqiyatini kafolatlashini aytgan prezident, yil oxirigacha o‘zgarmaydigan ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari, Autodriver Study atrofidagi voqealar, shakar narxi oshishiga “vahimachi tadbirkorlar” sababchi ekanligi, YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklifi va boshqalar — “Gazeta.uz” ning 24-martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni videoga olgandan so‘ng, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini ma’lum qildi. IIV rahbari matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bu borada hujjat hali ishlab chiqilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «to‘liq taqiq bo‘lmasa-da, qandaydir chegaralar qo‘yiladi». Bunga deputat Rasul Kusherbayev e’tiroz bildirdi.
Qumqo‘rg‘on tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimi iltimosiga bo‘ysunmasdan, uni kapotda 3 km dan oshiq masofaga haydab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Pskent tumanida mast haydovchi YPX inspektorining to‘xtash talabiga bo‘ysunmasdan, uni urib yubordi. 30 yoshli serjant Dilmurod O‘rmonov oradan uch kun o‘tib vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting